Germaniyan avtomobilsozlik sanoati 190 ming ishchini qisqartirishi mumkin
Germaniya avtomobilsozlik assosiasiyasi prezidenti Xildegard Myuller 2035 yilga borib 190 mingga yaqin ish o‘rni xavf ostida bo‘lishi mumkinligini aytdi.
Germaniyaning Bild nashri bu nafaqat jiddiy inqirozni boshidan kechirayotgan Volkswagen konserniga, balki ko‘plab yetkazib beruvchilarga ham tegishli, deb yozadi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, sanoat duch keladigan bunday xavflar elektr transport vositalariga o‘tish bilan ham bog‘liq. X.Myullerning so‘zlariga ko‘ra, Germaniyada avtomobilsozlik sanoatining rivojlanishiga yuqori energiya xarajatlari, byurokratiya va mehnat sarfi bilan bog‘liq muammolar to‘sqinlik qilmoqda.
“Energiya xarajatlari bo‘yicha biz juda qimmatmiz. Biz byurokratiya va mehnat xarajatlari nuqtai nazaridan juda qimmatmiz. Agar biz bu masalalarni nazoratga olmasak, avtomobilsozlik sanoati o‘z yo‘li bilan ketadi, lekin Germaniyadagi o‘sish, qo‘shimcha qiymat va ish o‘rinlari bilan emas”, – dedi X.Myuller.
Avtomobilsanoat assosiasiyasi prezidenti, shuningdek, Germaniya elektromobillarning eng yirik ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lib qolayotganini, biroq ichki yonuv dvigatellarini taqiqlash va elektromobillarni quvvatlantirish uchun infratuzilmaning yo‘qligi iste’molchilarda ham, ishlab chiqaruvchilarda ham xavotir uyg‘otayotganini ta’kidladi.
Shuningdek, Volkswagen avtomobil konserni Germaniyadagi 10 ta zavoddan uchtasini yopishni, shuningdek, qolganlarining ishini sezilarli darajada qisqartirishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘ldi. Bundan tashqari, kompaniya boshqaruv rejalarida ish haqini qisqartirish va butun bo‘limlarni xorijdagi autsorsingga o‘tkazish kiradi.