Germaniyada narx-navo oshishi bilan bir qatorda ijtimoiy inqiroz keskin avj olmoqda

Germaniyada narx-navo oshishi bilan bir qatorda ijtimoiy inqiroz keskin avj olmoqda

Germaniyada oziq-ovqat, yoqilg‘i va kommunal xizmatlar narxlari oshishi fonida ijtimoiy inqiroz avj olmoqda. Bu haqda Germaniyaning Spiegel nashri xabar bermoqda.

Bunday vaziyatda, mamlakatning kam ta’minlangan fuqarolari ko‘proq jabr chekishmoqda. Hukumat esa haligacha bu muammoga yechim topmagan.

Germaniyadagi ijtimoiy ovqatlanish markazlari assosiasiyasi rahbari Yoxen Bryulning aytishicha, oziq-ovqat va energiya narxlarining keskin oshishi sababli oddiy nemislar qiyin ahvolga tushib qolish xavfi ostida. Uning ta’kidlashicha, odamlarning oylik maoshi oy oxirigacha yetmaydi. Hatto oziq-ovqatga ham pul qolmagan. "Gap sog‘lom ovqatlanish va yangi sabzavot va mevalar haqida ketmoqda" - dedi Baltnews bilan suhbatda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shu oyning o‘zida Nyurnbergning o‘zida ijtimoiy ovqatlanish markaziga yordam so‘rab murojaat qilganlar soni ikki baravar ko‘payib, 10 ming kishiga yetgan.

Oxirgi oylarda mamlakatga 600 mingga yaqin ukrainalik qochqinlar kelgani bilan vaziyat juda murakkab. Bu odamlarni qo‘llab-quvvatlashni davlat ham o‘z zimmasiga olishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!