Germaniya fregati yanglishib NATO droniga hujum qildi

Germaniya fregati yanglishib NATO droniga hujum qildi

Germaniyaning "Gessen" fregati Qizil dengizda yanglishib NATO ittifoqchisi AQShning droniga hujum qildi.

Bu haqda Welt xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, MQ-9 droni do‘st yoki dushmanni aniqlash uchun transpondersiz harakatlangan, bundan tashqari, AQSh ittifoqchi davlatlari vakillari uning harakati haqida xabardor qilinmagan.

Hodisa nemis fregati Qizil dengizda amaliyotlar boshlanganidan beri birinchi marta husiylarning hujumini qaytargan va guruhning ikkita dronini urib tushirganidan keyin sodir bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!