"Gazprom" Avstriya orqali gaz yetkazib berishni to‘xtatdi

"Gazprom" Avstriya orqali gaz yetkazib berishni to‘xtatdi

Gazprom Avstriya orqali gaz yetkazib berishni to‘xtatdi va buni mahalliy qonunchilik o‘zgarishi bilan izohladi. RIA Novosti xabariga asosan.

Avstriya hududi orqali "Gazprom eksport" kompaniyasi shartnomalariga muvofiq gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi. Sabab - avstriyalik mahalliy operator transport qilinayotgan gaz miqdorini tasdiqlashdan voz kechdi, - deyiladi xabarda.

Ma’lum bo‘lshicha, avstriyalik mahalliy operator sentyabr oyining oxirida qonunchilikda sodir bo‘lgan o‘zgarishlar tufayli transport qilinayotgan gaz miqdorini tasdiqlash huquqidan mahrum bo‘lgan.

O‘shbu o‘zgarishlar natijasida "Gazprom" o‘zining Italiyadagi hamkori Eni kompaniyasiga gaz yetkazib berish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan.

Bir necha soat oldin Eni kompaniyasi mahalliy iste’molchilarga gaz yetkazib bera olmasligini ma’lum qilgan edi.

"Ayni damda "Gazprom" italiyalik xaridorlar bilan birgalikda muammoni hal qilish ustida ishlamoqda", - deyiladi kompaniya xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!