G‘azoga oziq-ovqat olib kirish «juda qiyin»: BMT agentligi

G‘azoga oziq-ovqat olib kirish «juda qiyin»: BMT agentligi

Jahon oziq-ovqat dasturining Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bo‘yicha mintaqaviy direktori Korin Fleysherning ta’kidlashicha, agentlik qamalda qolgan qirg‘oq anklaviga yetarli miqdorda oziq-ovqat olib kelishi «juda qiyin».

Al-Jazeera bilan suhbatda u shunday dedi: «Biz taqdim etayotgan rasionimizni bekor qilishimiz yoki kamaytirishimiz kerak bo‘ldi. Biz har oy bir millionga yaqin odamga yordam beramiz... lekin yetarlicha yordam olib kela olmaymiz».

Buning uchta sababi bor, dedi Fleysher, «Birinchidan, ochiq chegara o‘tish punktlari yetarli emas. Ikkinchidan, o‘tgan taqdirimizda ham, bizni talon-taroj qilinmasligimiz uchun qachon oziq-ovqat olib kelishimiz haqida juda hushyor bo‘lishga majburmiz. Uchinchidan, bu juda murakkab operasiya».

U yaqinda G‘azo sektoriga tashrifi chog‘ida yo‘llar vayron bo‘lib, odamlar bilan to‘lib ketganini ko‘rganini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!