G‘azo shimoli 21 kundan buyon qamal va ommaviy bombardimonlar ostida qolmoqda
Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 385 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Xon Yunisning Jabaliya va Bayt Lahiya lagerlariga hujum qilishdi. Boshidan beri 42 847 kishi shahid bo‘ldi.
▪️Gazo shimoli 21 kundan buyon qamal va ommaviy bombardimonlar ostida qolmoqda. Isroilning Jabaliya lageridagi 13 ta turar-joy binosiga bergan zarbalari natijasida kamida 150 kishi halok bo‘ldi va yaralandi.
▪️Bosqinchilar G‘azo shimolidagi Kamal Advan kasalxonasini tanklardan o‘qqa tutdi. Kasalxonaning asosiy kislorod stansiyasi vayron bo‘lib, bemor bolalar halok bo‘ldi. Yaradorlar orasida shifokorlar va bemorlar ham bor.
▪️G‘azo fuqarolik mudofaasi: ishg‘ol ko‘chirilganlar va mahalliy aholi yashaydigan hududlarda halokatli blokada yaratdi. Bayt Lahiya va Jabaliyada sodir bo‘layotgan voqealar falokatdir.
▪️Bosqinchilar Livanga 12 marta zarba berdi. Jumladan, jurnalistlar bo‘lgan matbuot markaziga zarbalar berildi. “Al-Mayadin” va “Al-Manar” telekanallarining 3 nafar jurnalisti halok bo‘ldi.
▪️“Hizbulloh” Isroiga qarshi 27 ta harbiy amaliyot o‘tkazdi. Zarbalar Safad, Hayfa, Kiryat Shmona, Akka shaharlaridagi harbiy nishonlarga berilgan. Livan bilan chegaradagi bosqinchi kuchlar yo‘q qilindi. 4 “Merkava” tanki ishdan chiqarildi.
▪️48 soat ichida Iroq islomiy qarshilik kuchlari Umm al-Rashrash (ibroniycha Eylat)dagi 15 ta harbiy ob’ektga hujum qildi.
▪️BMT bosh kotibi: G‘azo shimolidagi gumanitar vaziyat bu dahshatli dahshat boshlanganidan beri eng og‘ir holat.
▪️JSST direktori: Isroilning Livandagi urushi 100 dan ortiq tibbiyot muassasalarining yopilishiga olib keldi, bu mamlakatdagi umumiy muassasalar sonining uchdan bir qismini tashkil etadi.
▪️HAMAS G‘azo shimolidagi qirg‘in va etnik tozalashni qoralab, dunyo xalqlarini "G‘azab jumasi" aksiyasida ishtirok etishga chaqirdi.
▪️Haaretz: Livan janubida “Hizbulloh” jangchilari yer osti tunnellaridan chiqib, askarlarimizga granatalar uloqtirishi natijasida 4 askarimiz halok bo‘ldi, 6 yaradorimiz bor. Keyinroq o‘lganlar soni 5 taga yetgani ma’lum qilindi.
▪️Isroil armiyasi oxirgi 24 soat ichida eng kamida 36 askari yarador bo‘lganini e’lon qildi.