G‘azo sektorida koronavirusga chalingan birinchi bemor vafot etdi

G‘azo sektorida koronavirusga chalingan birinchi bemor vafot etdi

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi G‘azo sektorida yangi koronavirus sabab yuz bergan birinchi o‘lim haqida xabar berdi.

Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, surunkali kasallikka chalingan 77 yoshli ayol COVID-19ning birinchi qurboniga aylangan. 19 may kuni Misrdan G‘azoga kelgan ayol o‘sha kundan boshlab karantinda bo‘lgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Falastinda 560 kishida koronavirus aniqlangan, to‘rt kishi vafot etgan, 445 kishi tuzalgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!