Gavanadagi mehmonxonaning portlashi oqibatida 40 nafar inson halok bo‘ldi

Gavanadagi mehmonxonaning portlashi oqibatida 40 nafar inson halok bo‘ldi

Dushanba kuni Kuba sog‘liqni saqlash vazirligi saytida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Gavanadagi "Saratoga" mehmonxonasida yuz bergan portlashda kamida 40 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Avvalroq qurbonlar soni 37 nafar ekanligi haqida xabar berilgan edi.

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt nafar bola ham bor. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 94 kishi jabrlangan, ulardan 18 nafari hozirda shifoxonalarda, jumladan besh nafari voyaga yetmaganlardir. Gavanadagi kasalxonalar qon quyish uchun qabul qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!