G‘arb Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini musodara qilish va ularni Ukrainaga topshirishga ikkilanyaptimi?

G‘arb Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini musodara qilish va ularni Ukrainaga topshirishga ikkilanyaptimi?

The New York Times G‘arb Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini musodara qilish va ularni Ukrainaga topshirishga ikkilanayotgani sabablarini sanab o‘tdi.

O‘tgan oy Kiyevga qilgan tashrifidan so‘ng G‘aznachilik vaziri Janet Yellen jiddiy huquqiy to‘siqlar haqida yana bir bor ogohlantirdi. Shveysariya hukumati esa banklardan Rossiyaning xususiy aktivlarini musodara qilish Shveysariya Konstitusiyasini, shuningdek, xalqaro shartnomalarni buzishini aytdi.

«Huquqiy munozara»dan tashqari, amerikaliklar dollarga bo‘lgan ishonchni susaytirishdan qo‘rqishadi.

«Boshqa davlatlar musodara qilinishidan qo‘rqib, AQSh banklarida pul saqlash yoki sarmoya kiritish istagini yo‘qotishi mumkin», deyiladi maqolada.

Keyingi tashvish shundaki, bunday hajmning musodara qilinishi, agar xalqaro nizo yuzaga kelsa, boshqa mamlakatlarda joylashgan Amerika va Yevropa aktivlarini ekspropriasiya qilish xavfiga duchor qilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!