G‘arb Donbassdagi referendumdan nega qo‘rqadi - Medvedev

G‘arb Donbassdagi referendumdan nega qo‘rqadi - Medvedev

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev o‘z telegram kanalida Donbassga referendumlar tarixiy adolatni tiklash uchun muhim ekanini ta’kidladi.

“Donbassdagi referendumlar nafaqat LNR, DNR va boshqa ozod qilingan hududlar aholisini tizimli himoya qilish, balki tarixiy adolatni tiklash uchun ham katta ahamiyatga ega.

Ular Rossiyaning o‘nlab yillar davomida rivojlanish vektorini butunlay o‘zgartiradi. Va nafaqat bizning mamlakatimizni. Chunki referendum amalga oshib, yangi hududlar Rossiya tarkibiga kirgach, dunyodagi geosiyosiy o‘zgarishlar qaytarib bo‘lmaydigan bo‘lib qoladi.

Rossiya hududiga tajovuz qilish jinoyatdir, uning sodir etilishi o‘zini himoya qilishning barcha kuchlarini qo‘llash imkonini beradi. Lekin bundan kam ahamiyatlisi shundaki, davlatimiz Konstitusiyasiga kiritilgan o‘zgartirishlardan so‘ng, kelajakdagi birorta ham rahbar Rossiyaning hech bir rasmiysi bu qarorlarni bekor qila olmaydi.

Shuning uchun ham Kiyev va G‘arb bu referendumlardan juda qo‘rqishadi va shuning uchun ularni o‘tkazish kerak", — deb yozdi Medvedev.

Ma’lumot uchun, so‘nggi kunlarda DXR, LXR va Xerson viloyatlarida Rossiyaga qo‘shilish xaqida refrendum o‘tkazishga tezkor ravishda tayyorlanmoqda. Ushbu hududlar rahbarlari ta’kidlashiga ko‘ra ularga jamoatchilik tomonidan bu haqida ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda. Donbass respublikalari referendumni mavjud siyosiy vaziyatdan chiqishni va harbiy harakatlarni to‘xtatishning eng tez uslubi deb tushunishmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!