"G‘arb davlatlari va Ukraina Rossiyaning raketa zaxiralari tugab borayotganiga ishonishgan edi, biroq"

"G‘arb davlatlari va Ukraina Rossiyaning raketa zaxiralari tugab borayotganiga ishonishgan edi, biroq"

"G‘arb davlatlari va Ukraina Rossiyaning raketa zaxiralari tugab borayotganiga ishonishgan edi, biroq so‘nggi keng ko‘lamli hujum bu taxminlarni shubha ostiga qo‘ydi", deb yozadi The New York Times.

Gazetaning ta’kidlashicha, Rossiyaning keng ko‘lamli raketa hujumlarini uyushtirishda davom etishi bir necha asoslarga ega bo‘lishi mumkin: Rossiya Eron va Shimoliy Koreyadan raketa va dronlar sotib olgan bo‘lishi mumkin yoki Rossiya mudofaani safarbar qilish va korxonalarni uzluksiz ishlatish orqali ko‘p sonli raketalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lishi ehtimoli bor. Yana bir taxminga ko‘ra, Rossiya NATO bilan ziddiyat yuzaga kelgan taqdirda foydalanish uchun avvaldan raketalarning katta zaxiralarini yaratishi mumkin edi. Bundan tashqari, nashrning yozishicha, havo hujumidan mudofaa raketalari ham yerdagi nishonlarga hujum qilish uchun ishlatilmoqda.

The New York Times bu taxminlar uchun aniq dalillar keltirmadi. Rossiyaning Eron va Shimoliy Koreyadan qurol sotib olgani haqidagi ayblovlar Rossiya rasmiylari tomonidan bir necha bor rad etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!