Gamburgda O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi

Gamburgda O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi

Gamburgda mamlakatimizning Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulligi tomonidan Germaniyaning «Jura One» huquqshunoslik maktabi bilan hamkorlikda O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo".

Tadbir O‘zbekiston Prezidentining 2-3 may kunlari Germaniyaga buyurgan tashrifi yakunlari, shuningdek, mamlakatimiz Konstitusiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum munosabati bilan o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston bilan iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor nemis ishbilarmon doira vakillari, mamlakatimizda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan kompaniyalar vakillari qatnashdi.

– Keyingi yillarda nemis biznesining O‘zbekistonga qiziqishi sezilarli darajada oshdi, – dedi Gamburgdagi huquqshunoslik maktabi direktori Zyoren Kroll. – Mamlakat hamkorlikka ochiq, zamonaviy texnologiyalar, bilim, kadrlar salohiyatini rivojlantirish, sarmoyalarni jalb etishga e’tibor qaratilayotganini ko‘rayapmiz. Biz O‘zbekistonni sarmoya, tajriba va bilim bilan qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz.

Mustaqil huquqshunos Yan-Feliks Shaperdot, o‘z chiqishida juda qiziqarli taqdimot bo‘lib o‘tganini, unda ko‘plab nemis tadbirkorlari faol ishtirok etganini ta’kidladi.

- Biz O‘zbekistonni nafaqat iqtisodiy tomondan, balki, mamlakatning yuqori salohiyatli kadrlari borligi, IT sohasi jadal rivojlanayotgani, respublika innovasiyalar manbai ekanligi haqida bilib oldik. Aalbatta, ushbu omillar hamkorlikning yangi nuqtalarini topish uchun bizga qiziqarli bo‘lishi mumkin,- dedi u. - Bundan tashqari, hamkorlikning umumiy qiziqarli yo‘nalishlari, birinchi navbatda sayyohlik va o‘zaro bog‘liqlik o‘zaro munosabatlarda yangi ufqlarni ochadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!