G‘allaorolda Misr tajribasi asosida qand lavlagi yetishtiriladi

G‘allaorolda Misr tajribasi asosida qand lavlagi yetishtiriladi

Jizzax viloyati G‘allaorol tumani hokimi Jaloliddin Oqboyev boshchiligidagi delegasiya amaliy safar bilan Misrga bordi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

O‘zbekiston elchixonasi tomonidan bir qator muzokaralar tashkil etildi. Uchrashuvlar chog‘ida Misr vakillariga mamlakatimiz, xususan G‘allaorol tumanining iqtisodiy-investisiyaviy salohiyati haqidagi muhim ma’lumotlar taqdim etildi.

Misrning «ECAD» kompaniyasi raisi Amr al-Hafniy, «Al-Hanaa» kompaniyasi raisi Amr al-Murshidiy, Qishloq tadqiqotlari markazi maslahatchisi Essam Vasif bilan kechgan suhbat davomida G‘allaorol tumanida qishloq xo‘jaligi va chorvachilik sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari xususida fikr almashildi.

Misr vakillari Jizzax viloyati ishbilarmonlari bilan hamkorlikda cho‘l hududlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Iskandariya viloyatida o‘tkazilgan uchrashuvda Misr tajribasi asosida G‘allaorol tumanidagi lalmi maydonlarda qand lavlagi yetishtirish bo‘yicha kelishib olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!