«G‘alabaning 40 yilligi» bekati qulab tushdi

«G‘alabaning 40 yilligi» bekati qulab tushdi

Yashnobod tumanida joylashgan «G‘alabaning 40 yilligi» bekati qulab tushgan.

Ushbu bekatdan «Toshshahartransxizmat» AJning 2- va 5-avtobus saroyi tasarrufida bo‘lgan 11 ta avtobus yo‘nalishi harakatlanadi.

"Yuqoridagi holat oqibatida hech bir fuqaro va yo‘lovchiga zarar yetmagan bo‘lib, hozirda mas’ul xodimlar tomonidan bekatni qayta qurish ishlari olib borilmoqda", deyiladi AJ matbuot xizmati xabarida.

Bekatning nima sababdan qulab tushgani va boshqa tafsilotlar ochiqlanmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!