"G‘alaba – Xayraton" temir yo‘li qachon ochilishiga aniqlik kiritildi

"G‘alaba – Xayraton" temir yo‘li qachon ochilishiga aniqlik kiritildi

So‘nggi kunlarda, 2022 yil dekabr oyida Afg‘onistonning maxsus komissiyasi bilan ko‘rib chiqilib, kelishilgan “Sogdiana trans” SHK va Afg‘oniston temir yo‘llari o‘rtasidagi yangi shartnoma shartlarini Afg‘oniston temir yo‘llari boshqarmasi rahbari tomonidan yangitdan sharhlanishi va bunda OAVda o‘zbek tomonini ayblashga harakat qilayotganayotgani hamda kelishilgan xizmat qiymatlarini boshqacha talqin qilib o‘zini oqlash uchun foydalanayotgani tushunarsiz vaziyatni yuzaga keltirmoqda.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ axborot xizmati ma’lum qilishicha, Afg‘oniston tomonidan Xayraton stansiyasida amalga oshirishi lozim bo‘lgan texnik ishlarini, o‘zlari tomonidan belgilangan muddatlarda amalga oshira olmagani to‘g‘risida xech qanday tushuntirish berilmayapti.

Xayraton stansiyasiga yetkazib berilgan vagonlarni bo‘shatish va qaytarish ishlarini tashkil etish uchun Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi “Mansor Fateh” kompaniyasini bilan shartnoma imzolagani to‘g‘risida ma’lumot tarqatilgan edi.

Afsuski, ushbu tashkilot 31 yanvarga qadar Xayraton stansiyasida kelishilgan muddatda ishlarni tashkillishtirishga ulgurmagan.

Bundan tashqari “Sogdiana trans” SHK tomonidan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularni qo‘llab quvvatlash maqsadida vaqtinchalik avtomobil transporti orqali yuklar tashuvini tashkillashtirishda yordam berishiga qaramay, qo‘shni davlat tomoni tadbirkorlarga yuklarni avtomobil transporti orqali tashimaslik to‘g‘risida tavsiya berayotgani xaqida ma’lumotlar kelmoqda.

Shu bilan birga, Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi rahbariyatining iltimosiga ko‘ra keyingi xafta boshida Termiz shahrida Afg‘onistonga temir yo‘l orqali yuklarni tashishni tashkil etish, Xayraton stansiyasiga yetkazib berish va olib chiqishni tashkil etish bo‘yicha “Sogdiana trans” SHK va Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi o‘rtasida yangi shartnoma imzolanishi rejalashtirilmoqda.

Shartnoma imzolangan kundan boshlab G‘alaba – Xayraton temir yo‘li ochilishi haqidagi yangiliklarni ma’lum qilamiz, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!