Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Qrimda “Hizb ut-Tahrir al Islomiy” xalqaro terrorchilik tashkiloti yacheykasi faoliyatining oldini oldi.
“Rossiya FXX xodimlarining muvofiqlashtirilgan xatti-harakatlari natijasida Djankoy, Yalta shaharlarida olti nafar Rossiya fuqarosidan iborat terrorchilik tashkiloti yashirin yacheykasining faoliyatiga chek qo‘ydi”, - deyilgan xabarda.
Qayd etilishicha, ular Ukrainadagi emissarlar ko‘magida Rossiyada terrorchilik aqidalarini tarqatish ishlarini olib borishgan va o‘z saflariga mahalliy musulmonlarni jalb qilishgan.
Qo‘lga olinganlarning uyidan Rossiyada taqiqlangan materiallar, aloqa vositalari va elektron axborot tashuvchi vositalar musodara qilingan.
Hozir ularga qarshi Rossiya Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish ochilgan.
“Hizb ut-Tahrir al Islomiy” dunyoning ko‘plab mamlakatlarida taqiqlangan. Rossiyada u Oliy sudning 2003 yildagi qarori bilan taqiqlangan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон футболида катта ўзгаришлар даври бошланмоқда. Президентнинг янги қарорига мувофиқ, Суперлига клубларини молиявий соғломлаштириш ва босқичма-босқич хусусий секторга ўтказиш бўйича аниқ «йўл харитаси» белгиланди.
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Дастлабки маълумотларга кўра, мазкур маҳсулотлар Қирғиз Республикасидан ноқонуний равишда олиб кирилган бўлиб, уларнинг бир қисми ярим тайёр, яна бир қисми эса қайта ишланган ҳолатда бўлган.
Озарбайжонда 33 ёшли эркак шок ҳолатга олиб келган ҳаракати билан фуқаролар эътиборини тортди. У аввало онасига ҳужум қилиб, уни вафот эттирди, кейин эса ўз жонига қасд қилиб, ўзини ёқиб юборди.