Fabio Kannavaro: "Mundialda barchasi boshqacha bo‘ladi"

Fabio Kannavaro: "Mundialda barchasi boshqacha bo‘ladi"

Fabio Kannavaro Venesuelaga qarshi kechgan bahsdan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Juda yaxshi o‘yin bo‘ldi. Ko‘plab vaziyatlarimizni ko‘kka sovurdik. Asosiy vaqtda yutishimiz uchun barcha imkoniyatimiz bor. O‘yinni nazorat qildik va raqibga bosim o‘tkazdik. Bunday jamoalarga qarshi o‘ynash har doim oson emas. Jamoam namoyish etgan o‘yindan juda ham xursandman. Sababi qisqa vaqt ichida ko‘p narsalarga ulgurmaymiz. Bugun maydonda xarakter ko‘rdik, ruhiyatli va jiddiy o‘yin. Yigitlarga boshqa o‘rtoqlik o‘yinlari yo‘qligini kiyinish xonasida aytdim", - dedi Fabio Kannavaro.

- Gabonga qarshi o‘yinda himoyamiz ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ygan edi. Bugungi o‘yindagi himoyachilarning harakatlariga baho berib o‘tsangiz. Umumiy ikki uchrashuvda himoya chizig‘i namoyish etgan o‘yindan qanchalik qoniqdingiz?

- Jiddiy o‘yin bo‘ldi. Raqibga imkoniyat bermadik. Bahsni yaxshi boshladik va raqibga har doim pressing qildik. Yakkakurashlarda g‘alaba qozondik. Bularning barchasi oson bo‘lmadi. Bugun yigitlar juda yaxshi o‘yin o‘tkazishdi. Himoyachilar yolg‘iz ravishda o‘yinni yuta olishmaydi. Shuning uchun yarim himoyachilar va hujumchilar bilan birga to‘g‘ri o‘ynash kerak. Himoya jamoa sifatida juda yaxshi ishladik.

- Standart vaziyatlar va burchak zarbalarimiz borgan sari xavfliroq tus olmoqda. Standart vaziyatlardan to‘g‘ri foydalanish terma jamoamizning navbatdagi maqsadimi?

- Standart vaziyatlar ustida ishlashga vaqtimiz ko‘p emas. Lekin imkon qadar ish olib bordik. Yangi ma’lumotlar topib, futbolchilarga taqdim etdik. Jamoamizda ikki nafar futbolchi ham juda yaxshi zarbaga ega. Otabek Shukurov va Azizbek G‘aniyevlar uzoq masofadan juda yaxshi zarba berishadi. Ushbu aspektlar ustida ish olib borishimiz kerak.

- Qaysi futbolchi joriy FIFA kunlarida sizni yaxshi tomonlama hayron qoldirdi?

- Barcha o‘yinchilar o‘zini juda yaxshi ko‘rsatdi. O‘tgan bahsda ham yaxshi harakat qilgan edik, ammo konsentrasiya biroz joyida emas edi. Shu sababli "jinnicha" xatolarga yo‘l qo‘ygandik. Bugun futbolchilar men so‘ragan barcha ko‘rsatmalarni bajarishdi.

- Dastlabki 15 daqiqada yuqori pressing qildik. Tanaffusdan so‘ng esa jamoa charchab qolgandek tuyuldi. Jismoniy jihat ustida qanday ish olib bormoqchisiz?

- Bu normal holat. Ba’zi o‘yinchilarni o‘zgartirdik. Intensivlik boshqacha edi. Futbolchilarga ham imkoniyat berdik. Jismoniy holatimiz yanada yaxshilanadi degan umiddaman. Yana bir narsani unutmaylik, Superligada endi to‘rtinchi tur yakunlandi. Hali mavsum yarimiga ham yetib kelmadi. Mavsum yarmiga kelganda farqni ko‘rasiz.

- Maydon markazida muammolar bordek. Hamrobekov - Shukurov tandemi susayib qolgandek. Ushbu kamchilikka qanday yechim topmoqchisiz?

- Qanday muammo ko‘rdingiz?

- Raqiblar tezkor paslar orqani markazni yorib o‘tishdi...

- Menimcha, ular juda yaxshi o‘ynashyapti. Maydon markazini faqatgina ikki futbolchiga topshirsak, barcha zonalarni yopish ilojsiz bo‘lib qoladi. Vingerlar, qanot himoyachilari, himoyachilarimiz birga harakat qilishi kerak. Agar ikkita tayanch yarim himoyachisi bilan o‘ynay olamiz deb o‘ylasak. Katta xato bo‘ladi va buning iloji yo‘q.

- Abduvohid Ne’matovni asosiy tarkibda maydonga tushirish penaltilar seriyasiga tayyorgarlikmidi yoki Yusupovda jarohat bormidi?

- Yo‘q. Men o‘yindan ancha oldin bunday qarorga kelgandim. O‘yindan oldin darvozabonlar murabbiyi bilan gaplashgan edim. Ikki o‘yinni ikki xil darvozabon bilan o‘tkazamiz degan qarorga kelgandik. Agar imkoniyat bo‘lsa, ikkinchi uchrashuvning so‘nggi 20 daqiqasida uchinchi darvozabonga imkoniyat berardik. Oldinda ushbu g‘oyamiz bor edi.

- Terma jamoaga ko‘proq yosh futbolchilarni jalb etishda qanday ishlarni bajaryapsiz?

- Men imkon qadar ko‘proq futbolchilarni ko‘rib olishga harakat qilaman. Biroq barchani kuzatib borishning iloji yo‘q. To‘liq Respublikani qamrab olish qiyin, afsuski. Yoshlar terma jamoalari murabbiylari bilan birgalikda skauting ishlarini olib boryapmiz. Biz iloji boricha yoshlarga imkoniyat berishga harakat qilamiz.

- JChdan oldingi so‘nggi yig‘in haqidagi xulosalaringiz? Hozirgi holatda mundialga qanchalik tayyormiz?

- Mundial boshqacha bo‘ladi. Bizning raqiblarimiz boshqa bo‘ladi. Temp, ob-havo va barchasi boshqacha bo‘ladi. O‘rtoqlik o‘yinlarini mundial bilan solishtira olmaymiz. Qadamba qadam yangiliklar qilib boryapmiz. O‘zgarishlarga qo‘l urmoqdamiz.

- MTJ JChdan oldingi yig‘inni 5-may kuni boshlashi kutilmoqda. Aprel oyida esa Superliganing yettita tur o‘yinlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Juda zich taqvimda futbolchilarning jarohat olish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Zich taqvim esa aynan sizning istagingiz va rejangiz tufayli tuzildi. Ushbu jihat sizni qanchalik xavotirga solmoqda? Masalan, so‘nggi Osiyo Kubogidan oldin ko‘plab yetakchi futbolchilarimiz jarohat olib, musobaqada ishtirok eta olmagandi...

- Bu normal holat. Chempionat boshlanganida jarohatlangan futbolchilar bo‘lishi odatiy hol. Biz mayda yig‘ilamiz. Ikki haftalik yig‘in o‘tkazib, ikkita nazorat o‘yini o‘tkazamiz. Legionerlarni futbolchilar ham yig‘ilganda qo‘shilganidan so‘ng yana bir hafta davomida mashg‘ulot olib boramiz. Shu hafta davomida yana bir nazorat o‘yinini tashkil etamiz. Keyin esa Kanadaga uchib ketamiz. O‘rtoqlik o‘yinlaridagi ishtirok uchun. Ushbu vaqt davomida barchasini nazorat qilishga harakat qilaman. O‘yinchilarning holatini yaxshilashga intilamiz. Jarohatlar juda katta faktor. Shu sababli tibbiy shtabni yaxshiladik. Jismoniy holatimizni kuchaytirishga ham alohida e’tibor qaratyapmiz. Jarohatlar sonini maksimal tarzda kamaytirishni xohlaymiz. Futbolchilar yuqori tempda o‘ynay olishiga yordam berishni maqsad qilganmiz. Agar to‘g‘ri ovqatlanib, to‘g‘ri mashg‘ulot olib borsa, to‘g‘ri uxlasa futbolchining faoliyati o‘n yil emas, o‘n besh yil davom etishi mumkin. Farq mana shunday holatlarda seziladi. Futbolchilarga nisbatan qabul qilayotgan qarorlarim, ularning sog‘ligiga berilayotgan ortiqcha e’tibor ba’zi insonlarga g‘alati tuyulayotgandir. Biroq men futbolchilar haqida o‘ylayapman va ular uzoq yillar davomida futbol o‘ynashini ko‘zlaganman. Barchaga rahmat, ko‘rishguncha.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Go‘sht narxi keskin oshmoqda

Ўзбекистонда гўшт нархи сўнгги вақтларда сезиларли қимматлашди.

JCH-2026ni o‘tkazib yuboradigan eng qimmat futbolchilar reytingi tuzildi

Transfermarkt мутахассислари ўзига хос рейтингини эълон қилишди.

Tramp Saudiya shahzodasi haqida keskin bayonot qildi

Дональд Трамп Муҳаммад ибн Салмон ҳақида кескин ва баҳсли баёнот берди.

Turkiya AQShni ogohlantirdi!

Агар курдлар Эронга қарши ҳужумларда иштирок этса, дарҳол ҳарбий жавоб бўлади.

Rossiya Ukraina borasida Janubiy Koreyani jiddiy ogohlantirdi

Бу ҳақда Россия ташқи ишлар вазири ўринбосари Андрей Руденко маълум қилди.

"Bu yolg‘on. Men uning gaplarini eshitdim va..."

Ушбу баёнот Парижда бўлиб ўтган "G7" давлатлари ташқи ишлар вазирлари учрашувидан сўнг оммага олиб чиқилди.

Rossiya yaqinlashmoqda

DeepState таҳлилий ресурсининг янгиланган маълумотларига кўра, Россия қўшинлари Донецк вилоятининг бир қатор ҳудудларида олдинга силжиган.

OAV: Saudiya Arabistoni urush sabab AQShga chaqiriq bilan chiqdi

Бу ҳақда The Guardian Саудия разведка манбасига таяниб хабар берди.

Polsha nashri Alisher Usmonovning singlisi muhokama etilgan Lavrov va Siyyarto o‘rtasidagi suhbat yozuvini e’lon qildi

Айни пайтда мазкур аудиоёзув Европа ва Украина матбуотида кенг муҳокама этилмоқда.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Netanyaxu Isroildan qochib ketdi

У Эрон баллистик ракета отишидан олдин қочишга улгурибди.

Tramp Eron sulh so‘raganini aytdi. Tehron javob qaytardi

АҚШ президенти Доналд Трамп бугун Теҳрон Вашингтондан сулҳ сўраганини эълон қилди.

Eron Isroilga eng yirik raketa hujumini amalga oshirdi

Бу ҳақда Исроил Мудофаа Кучлари матбуот котиби идораси маълум қилди.

Budanov Xorlidagi teraktda aybdor deb topildi

Янги йил оқшомида Украина Қуролли Кучлари Херсон вилояти Хорли шаҳридаги кафе ва меҳмонхонага 3та дрон билан ҳужум қилган эди.

Zelenskiy Donbassdan qo‘shinlarni olib chiqish haqida bugunoq qaror qabul qilishi kerak!

РФ президенти матбуот котиби Дмитрий Песков 1 апрель куни ўтказилган конференс-колл давомида айнан шу тарзда баёнот берди.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

Toshkentda YPX xodimiga qo‘l ko‘targan mast haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Шундан сўнг ходимлар ўзлари ва атрофдагилар хавфсизлигини таъминлаш мақсадида махсус воситаларни қўллаган ҳолда қонунбузар фуқарони зарарсизлантирган.

Hindistonda 70 yoshli fil “pushti fotosessiya”dan keyin vafot etdi

Ижтимоий тармоқ фойдаланувчилари блогерни ҳайвонга нисбатан шафқатсиз муносабатда бўлганликда айблаб, уни жавобгарликка тортишни талаб қилмоқда.

Farg‘onada og‘ufurushlarga 12 yildan 15 yilgacha qamaldi

Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.

Toshkent va Sirdaryoda «Umra» bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Тошкент шаҳри ва Сирдарё вилоятида «Умра» зиёратига юбориш билан боғлиқ бир қатор фирибгарлик ҳолатлари фош этилди.

Turkiyada muhojirlar qayig‘i cho‘kdi: kamida 18 kishi halok bo‘ldi

Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.

Xitoy va Pokistondan tashabbus: Eron atrofidagi urushni to‘xtatish rejasi taklif etildi

Хитой ва Покистон Эрон атрофидаги можарони бартараф этиш мақсадида қўшма тинчлик ташаббусини илгари сурди.

Trampning bayonoti: Eron hech qachon yadroviy qurolga ega bo‘lmaydi

АҚШ президенти Дональд Трамп Эрон ядровий қуролга эга бўлмаслигини қатъий таъкидлади.

Evropadan tanqid: Zelenskiy mablag‘larni juda tez sarflamoqdami?

Европа Иттифоқи доирасида Украинага ажратилаётган маблағлар юзасидан танқидлар янграмоқда.

Axios: AQSh va Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish evaziga sulhni muhokama qilmoqda

Axios маълумотига кўра, АҚШ ва Эрон Ҳўрмуз бўғозини очиш шарти билан сулҳни назарда тутувчи эҳтимолий келишувни муҳокама қилмоқда.

Oila farovonligi va gender tenglik — bir maqsad, bir yo‘l

Янги Ўзбекистонда инсон қадрини улуғлаш, оила институтини мустаҳкамлаш, хотин-қизларнинг ҳуқуқ ва манфаатларини таъминлаш, қизларнинг баркамол авлод бўлиб вояга етиши учун зарур шарт-шароитларни яратиш давлат сиёсатининг устувор йўналишларидан бирига айланди. Сир эмаски, жамият тараққиёти, оилалар фаровонлиги ва келажак авлод камолоти, аввало, аёлга бўлган эътибор, қизлар тарбиясига берилаётган юксак аҳамият билан чамбарчас боғлиқдир. Шу маънода, бугун мамлакатимизда гендер тенгликни таъминлаш, оила масалаларига тизимли ёндашиш ва қизларнинг саломатлиги ҳамда маънавий-интеллектуал ривожига қаратилаётган эътибор ўзининг амалий натижаларини бера бошлади.

Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan geroin fosh qilindi

Айни пайтда мазкур жиноятга алоқадор бошқа шахсларни аниқлаш бўйича чоралар кўрилмоқда.

Andijonda qalbaki dori vositalari tayyorlovchi 3 ta yashirin laboratoriya aniqlandi

Дастлабки маълумотларга кўра, мазкур маҳсулотлар Қирғиз Республикасидан ноқонуний равишда олиб кирилган бўлиб, уларнинг бир қисми ярим тайёр, яна бир қисми эса қайта ишланган ҳолатда бўлган.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

Isroil hujumlarida Livanda halok bo‘lganlar soni 1 247 nafarga yetdi

Сўнгги 24 соатда Исроил қўшинлари Ливан ҳудудига амалга оширган ҳаво ҳужумлари натижасида камида тўққиз киши ҳалок бўлди.

NATO: Hamisha ittifoqchilarimizni himoya qilish uchun zarur choralarni qo‘llaymiz

НАТО бугунги кунда Ирондан Туркияга йўналтирилган ракетани ишга тушириш ҳолатига муносабат билдирди.

Ozarbayjonda fojiaviy voqea: erkak onasini o‘ldirib, o‘zini yoqib yubordi

Озарбайжонда 33 ёшли эркак шок ҳолатга олиб келган ҳаракати билан фуқаролар эътиборини тортди. У аввало онасига ҳужум қилиб, уни вафот эттирди, кейин эса ўз жонига қасд қилиб, ўзини ёқиб юборди.

AQShdan Eronga ogohlantirish: barcha dron va raketalarni to‘xtatish kerak

АҚШ давлат котиби таъкидлашича, Эрон барча турдаги дронлар ва ракеталарни ишлаб чиқаришни тўхтатиши шарт.

Evropa Ittifoqiga jiddiy ayblov: Ukraina hujumlari uchun havo hududi ochilganmi?

Европа Иттифоқи Украинага Россияга қарши ҳужумларда билвосита ёрдам бераётганликда айбланмоқда.

Erondan ogohlantirish: Hormuz bo‘g‘ozidagi har qanday provokasiya vaziyatni keskinlashtiradi

Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Ароқчи Ҳормуз бўғозидаги ҳар қандай провокация минтақадаги вазиятни янада оғирлаштириши мумкинлигини билдирди.

Rossiyadan chaqiriq: Yaqin Sharqdagi urushni zudlik bilan to‘xtatish kerak

Россия ташқи ишлар вазири Сергей Лавров Форс кўрфази мамлакатлари ташқи ишлар вазирлари билан мулоқот ўтказиб, Яқин Шарқдаги вазиятни муҳокама қилди.