Futbol tarixida ilk marta bosh hakam oq kartochka ko‘rsatdi

Futbol tarixida ilk marta bosh hakam oq kartochka ko‘rsatdi

Portugaliyadagi futbol uchrashuvida tarixda birinchi marta hakam oq kartochka ko‘rsatdi. Bu haqda Sport Bible nashri xabar bermoqda.

Bu 21 yanvar kuni «Benfika» va «Sporting» ayollar jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda (5:0) yuz berdi. Futbolchilardan biri kasal bo‘lib qolgach, maydonga har ikki klubdan tibbiy guruhlar paydo bo‘ldi. Shifokorlar sportchining ahvolini normallashtirgandan so‘ng, hakam ularga ko‘rsatilgan yordam uchun rahmat sifatida oq kartochka ko‘rsatdi.

Stadiondagi muxlislar hakamning qarorini olqishlar bilan kutib olishdi. Biroq, ijtimoiy tarmoqlarda ba’zi foydalanuvchilar yangilikni vaqtni behuda sarflash deb hisoblashgan.

Xalqaro futbol federasiyasi Portugaliyada oq kartochkalardan foydalanishni tajriba tariqasida joriy qildi. Shu tariqa o‘yin ishtirokchilariga halol o‘yin ko‘rsatgani uchun minnatdorchilik bildirish, sportdagi axloqiy qadriyatni oshirish ko‘zda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!