Fuqarolik sudi: ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan ishlar...

A A A
Fuqarolik sudi: ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan ishlar...

IBTIDO. Sudlarda ajabtovur voqeliklar uchrab turgani bor gap. Ayniqsa, bir shoir "qora tush"ga o‘xshatgan yaqin o‘tmishda. Yaqin o‘tmishki, hali ko‘pam uzoqlashganicha yo‘q: nari ketganiga, ketayotganiga endi uch yil o‘tmoqda. Shu qisqa muddat ichida tizimida ancha-muncha o‘zgarishlar bo‘ldi, to‘g‘ri. Biroq yaqin o‘tmish asoratlaridan to‘la qutildik, deyishga juda-juda erta, shekilli. Negaki, hali-hamon sudlar ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan ishlar ro‘y berib turibdi. Tahririyatimizga murojaat etgan Ikrom Haitovning nolalari shunday o‘ylashga majbur qildi.

QAHRAMON. "...2016 yilning dekabrida kutilmaganda hibsga olindim, - deya gap boshladi qahramonimiz. - Mirobod tumani IIB tergovchisi meni firibgarlikda ayblab, jinoyat ishi qo‘zg‘atgani hamono oyog‘imni yerga tekkizmay "tiqib" qo‘ydi. Emishki, men Azamat Gaybnazarov degan fuqaroning ishonchiga kirib, juda katta miqdorda pulini olib, qaytarmay aldab yurganmishman?!".

MUALLIF: Haitovning hibsga olinishi kutilmagan hol bo‘lgani rost. Nega desangiz, A. Gaybnazarovning murojaati Miroboddan avval Yuunsobod tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan obdon o‘rganilib, "firibgarlik" fakti tasdiqlanmagan, shunga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror qabul qilgan ekan-da. Keyinroq, A. Gaybnazarovning qayta murojaatidan so‘ng "ish" Mirobod tumani IIBga o‘tkazilgach, hammasi teskari aylanibdi: jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, I. Haitov hibsga olinadi...

Keyin-chi?

QAHRAMON: "...Hibsda roppa rosa 55 kun o‘tirdim. Bu vaqt davomida tergovchi ikki-uch marta so‘roq qilgan bo‘ldi, xolos... Tergov muddati oxiriga yetgani sari "delo"ni u qilib ko‘rdi-bu qilib ko‘rdi, ammo natija chiqmadi baribir. Ochilgan "delo"ni yopishga, meni ozod qilishga majbur bo‘ldi. Xullas, ayblovni meni hibsga olib ham tasdiqlay olishmadi...".

MUALLIF: ochilgan "delo"ni yopish osonmi? Ustiga ustak, tergovchi avvalboshdanoq gumondorni qamoqqa olgan bo‘lsa?! Hechda. Qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini harakatdan tugatib, gumondorni ozodlikka chiqarish, bu tergovchi o‘z boshini o‘zi kundaga qo‘yshi bilan barobar. Shunday holat sodir bo‘libdimi, demak, I. Haitovning gaplaridan jon bor. Keyinroq "delo" Toshkent viloyati IIB tergov departamentiga olib berilib, yana bir karra, hisob bo‘yicha uchinchi tergovda ham qahramonimizning xatti-harakatlarida jinoyat alomatlari topilmagani - u birovni "uxlatib ketmagani"ning inkor etib bo‘lmas dalili! Surishtiruv-tergov degani bir-ikki kunda yakuniga yetadigan jarayon emas. Bunda har bir holat, har bitta detal sinchkovlik bilan tekshiriladi, o‘rganiladi. So‘roq-savollar bilan taqqoslanib, qonun qarichi bilan o‘lchanadi. Shundan so‘ng muayyan qarorga kelinadiki, bu jarayon oylab davom etishi tayin. Bundan o‘tkazilgan uch karra tergov harakatlari bir yildan ko‘proqqa cho‘zilganini anglab olavering. Bu vaqt mobaynida yo‘qoltilgan halovat, qaqshagan asab, putur yetgan sog‘liq, bola-chaqaning ahvoli, o‘lda-jo‘lda qolgan ishlar.... Bularni tasavvur etish mumkindir, biroq his etish qiyin baribir. Tana boshqa - dard bilmas, degan gap bekorga aytilmagan.

Shu bilan g‘urbatlar poyoniga yetdimi?

QAHRAMON: "... Uch bor o‘tkazilgan tergovlardan "omon" chiqqach, nafas rostlashga ulgurmadim hatto. Ichki ishlar organiga murojaat qilib, "murodi hosil bo‘lmagan" Azamat Gaybnazarov fuqarolik sudiga da’vo ariza kiritibdi. Mazmuni o‘sha-o‘sha: go‘yoki aldov yo‘li bilan undan katta miqdorda pul olib, bermay yurgan emishman... Aldov yo‘li bilan pul olib, bermay yurish - qip-qizil firibgarlik! "Firibgarligim" bir emas, uch marta tergov yo‘li bilan o‘rganildi, biroq tasdig‘ni topgani yo‘q. Shundan keyin A. Gaybnazarov "tuhmat"da ayblanib, javobgarlikka tortilishi kerak edi, aslida. Menga kelganda yeng shimarib ishga tushadigan tergov organi unga kelganda go‘yoki "g‘ayrati so‘nib" qolayotganidan hayron bo‘lib yurgan edim, bu yoqda sud mashmashasi boshlandi...".

MUALLIF: Zukko o‘quvchi uch karra tergov yo‘li bilan o‘rganilib, tasdig‘ini topmagan vajlardan iborat da’vo-ariza fuqarolik sudida ko‘z yumib rad etilishi yaxshi biladi. Biroq qahramonimiz misolida buning g‘irt teskarisi bo‘ldi: da’vo "ko‘z yumib" qanoatlantirildi! Fuqarolik ishini shaxsan FIB (fuqarolik ishlari bo‘yicha) Uchtepa tumanlararo sudi raisi M. Imomov ko‘rib, bunday qaror chiqargani esa, yuqorida aytgan gap - "sudlarda hamon ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan ishlar ro‘y berayotganiga" yaqqol dalil emasmi?!

Sud raisining hal qiluv qarori chiqarguncha qilgan boshqa xatti-harakatlarini-ku, aytmang...

QAHRAMON: "...Rosti, suddan ko‘nglim to‘q edi. Shu-uncha tergovda tasdig‘ini topmagan vajlar sudda qanday topsin?! Ustiga ustak, fuqarolik sudida! Bilasiz, hatto sud jarayonida biror holatda jinoyat uchquni ko‘ringuday bo‘lsa, darhol ajrim chiqarib, tergov organiga oshiriladi: qaranglar-chi, jinoyat bormi yoki yo‘qmi, deb... Mening misolimda buning teskarisi bo‘layotugandi: tergov yo‘li bilan tasdig‘i topmagan vajlar sudda ko‘rilmoqda! Yana deng, fuqarolik sudida! Qisqasi, kutganimning aksi bo‘ldi: tergovda aniqlanmagan, tasdiqlanmagan vajlar fuqarolik sudida... asosli (?) deb topilib, da’vo qanoatlantirildi! Buni tasavvur qilyapsizmi?".

MUALLIF: Hayratingizni jilovlab turing. Bu hali hammasi emas. A Sud da’vo arizani ish yurituvga qabul qilishining o‘zi qiziq: da’vo muddati allaqachon o‘tib ketgandi-da. Ikkinchidan, muddati uzrsiz o‘tkazib yuborilgan da’vo-ariza ish yurituvga qabul qilinibdi, xo‘p. Davlat boji nima bo‘ldi, deng? Bor-yo‘g‘i bir million so‘m boj to‘langan, xolos. Vaholanki, da’vogar da’vo qilinayotgan summadan kelib chiqilsa, DAVLATGA TO‘LANISHI SHART BO‘LGAN BOJ MIQDORI bir necha o‘nlab (!) million so‘mni tashkil etadi! Shunga qaramay sud raisi M. Imomov da’vogar go‘yoki hech qayerda ishlamasligi, moddiy ahvol tangroq ekanini bildiruvchi MFY bergan ma’lumotni asos qilib, boj to‘lashni kechiktirish haqida ajrim chiqarib beribdi. Biroq ko‘p o‘tmay A. Gaybnazarov qozoni suvga tashlangan kambag‘al emas, qoni to‘q, usti but, hatto "Kaptiva"ga ega boyvachcha, MFYdan keltirgan ma’lumotnoma esa soxta ekani oshkor bo‘ladi. Ikrom Haitov shu haqda sudga tegishli hujjatlarni taqdim etarkan, da’vogarning "Kaptiva"siga band solishni so‘rab, ariza kiritdi. Sud raisi M. Imomov: " bu arizangizni keyingi sud majlisida ko‘ramiz", deb bir hafta tanaffus e’lon qiladi. Bir haftadan so‘ng "Kaptiva"ga band solish haqida ajrim chiqaradi ham. Biroq bu orada A. Gaybnazarov qimmatbaho mashinasini sotib (yoki birovning nomiga o‘tkazib), yana "kambag‘alga aylanib" ulgurgani bois sud davlat boji masalasini muhokama qilib o‘tirmay ishi kelgan joyidan davom ettaveradi... Natijani bilasiz: davlat boji to‘lashdan qochib, soxta ma’lumotnoma asosida soxta kambag‘alga "aylanib", davlatni aldagan A. Gaybnazarovning tagi puch da’vosini sud davlat nomidan hal qiluv qarori chiqargan holda qanoatlantirib berdi! Fuqarolik ishiga oid boshqa tafsilotlarni qo‘yaylik: sud raisining shu xatti-harakatlarining o‘zi uning xolis, sud qarori qonuniy va asosli ekaniga asosli shubha tug‘dirmaydimi?

QAHRAMON: "...Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi raisi M. Imomovning "kashfiyotlari" shulardan iborat emas. U hali sud majlisi boshdanmayoq "oruzlarini oshkor qilish"ni boshlab yuborgandi. Avvaliga "aylanma yo‘llar" orqali da’vo arizani ish yurituvga qabul qilib ko‘plarni hayratlantirgan bo‘lsa, keyin da’voni ta’minlash haqida ajrim chiqarib, meni mamlakatdan chiqishimga ta’qiq qo‘ydi, shuningdek, uy-joyimdan tashqari singlim rahbarlik qilayotgan "Uzpromtek-Buxoro" sho‘’ba korxonasining mulklari-yu hisob-raqamlariga ham band soldi. Vaholanki, sho‘’ba korxonani fuqarolik ishiga aloqasi yo‘q! Garchi sho‘’ba korxonaga solingan bandda "ish haqi va boshqa majburiy to‘lovlar" istisno qilingan bo‘lsa-da, uning faoliyati amalda to‘xtab qoldi. Axir, korxona faoliyat yurtsagina ish haqi va boshqa majburiy to‘lovlarni amalga oshiradimi? Sho‘’ba korxona faoliyati M. Imomovning g‘ayriqonuniy ajrimi sabab to‘xtagani oqibatida o‘nga yaqin ishchilar tirikchiligidan mosuvo bo‘ldi. Boshqa zararlarning hisob-kitobi bir necha yuz million so‘mni tashkil etadi...".

MUALLIF: Qahramonimizning gaplarini mubolag‘aga yo‘ymang. Taqdim etgan hujjatlarni ko‘rdik. Qayta-qayta. Darhaqiqat, sud raisining da’voni ta’minlashga qaratilgan qonunga zid ajrimi sho‘’ba korxona faoliyatiga bolta urgani aniq. Bu hol O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2019 yil 30 iyulidagi ajrimida yaqqol ifodasini topadi. Unda "Uzpromtek-Buxoro" sho‘’ba korxonasi nizo bo‘yicha taraf hisoblanmasligi ta’kidlanishidan tashqari FIB Uchtepa tumanlararo sudi raisi M. Imomov "...ushbu korxonaning faoliyatini to‘xtatib qo‘yishi mumkinligiga e’tibor bermasdan, shoshma-shosharlik bilan da’voni ta’minlash chorasini ko‘rgani" alohida qayd etiladi. Sud raisi M. Imomovning da’voni ta’minlash haqidagi 2018 yil 9 fevralda chiqargan qonunga zid ajarimi Oliy sud tomonidan 2019 yil 30 iyul kuni bekor qilingani e’tiborga olinsa, sho‘’ba korxona naq 18 oy "tutqunlikda qolgani", buning oqibatida faoliyati to‘xtab, shu yerda mehnat qilgan o‘nga yaqin ishchilar bekor qolishi natijasida ularning oila a’zolari ne ahvolga tushganini tasavvur qilyapsizmi? Davlat va jamiyatga yetgan zararlarni-chi?

YANA MUALLIF: Yuqoridagi bayonlarni o‘qib, masala Oliy sudgacha kelib, hammasiga qonuniy nuqta qo‘yilibdi-da, degan xayolga borsangiz - adashasiz. To‘g‘ri, fuqarolik ishi Oliy sudning tegishli sudlov hay’atida ko‘rilgach, vaziyat biroz o‘zgardi. Ya’ni, FIB Uchtepa tumanlararo sudining da’voni ta’minlash haqidagi ajrimi bekor qilindi. Shuningdek, birinchi bosqich sudi hal qiluv qarorini qariyib o‘zgarishsiz qoldirgan (!) FIB Toshkent shahar sudi kasssiya instansiyasining ajrimi ham bekor qilinib, ish shu bosqichda qayta ko‘rish uchun yuborildi.

QAHRAMON: "...Shunga qaramay shakl o‘zgardi, ammo mohiyat o‘zgargani yo‘q. Fuqarolik ishi Oliy sud ajrimiga muvofiq, FIB Toshkent shahar sudining kassasiya bosqichida qayta ko‘rilishi kerak edi. O‘tgan to‘rt oy davomida ikki marta sud bo‘ldi, xolos. Birinchi sud majlisidan keyin "delo"ni Oliy sud chaqirib oldi, deya noma’lum muddatga tanaffus e’lon qilindi. Noyabr oyi boshlarida yana sudga chaqirishdi. Bordik. Sud majlisi o‘n daqiqaga bormadi - prokurorning "ish bilan tanishish uchun vaqt so‘ragani" e’tiboridan boshqa kunga qoldiridi. Ammo belgilangan sanadan bir kun burun xabar keldi suddan: "delo"ni yana Oliy sud chaqirib olibdi..."

MUALLIF: Oliy sud ishni nazorat bosqichida ko‘rib, shaharga yuborgan bo‘lsa-da, vaqti-vaqti bilan yana chaqirib olib, "kinna solayotgani" taajjubli, albatta. Qiziq, mazkur fuqarolik ishida qanday sir-sinoat borki, unga hatto oliy mahkama alohida e’tibor va muhabbat bilan qarayversa?! (mazkur fuqarolik ishi bo‘yicha arilgan sud hujjatlari Oliy sudgacha "betalofat" yetib borgani alohida-ku mavzu) Bu nimadan dalolat? Manfaatdorlikdanmi yoki sud xodimlarining qandaydir kuchlar oldida ojiz qolayotganining belgisimi? Mayli, bashoratga berilishning mavridi emas hozir. Bunday sirli-sirli holatlar zamrida qanday omillar yotmasin, fuqarolarning sudlar bo‘lgan ishonchiga putur yetayotgani aniq. Bu esa, Prezident siyosatiga xiyonatdan boshqa narsa emas.

Voqealar rivojini vaqt ko‘rsataveradi. Mavzuga qaytish qochmas.

Akbar Alishayxov

Azon.uz saytidan olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

O‘zbekistonliklar va turkmanistonliklarning qarshiligiga qaramay Rog‘un GES qurilishi davom etadi

Жаҳон банки шикоятни рад этишни ички қоидаларга асослаган

Turkiya Rossiyadan sotib olingan S-400 zenit-raketa majmualarini qaytarmoqchi

Вашингтон Анқарадан Россия ҳарбий техникасидан воз кечишни талаб қилмоқда.

Qobiljonni kim o‘ldirdi? Rossiyada sodir etilgan mudhish qotillikning asl aybdori aytildi

16 декабр куни Тожикистон фуқароси, 10 ёшли Қобилжон Алиевнинг Москва вилоятидаги мактабда 9-синф ўқувчиси Тимофей К. томонидан пичоқлаб ўлдирилгани Россияда миллатчилик кайфияти тобора кучайиб бораётганини тасдиқлагандек бўлди.

Yurtimizda adolat peshvolari pora bilan qo‘lga tushdi

Ҳозирда учала адвокатга нисбатан Жиноят Кодексининг 168-моддаси 3-қисми “в” банди ва 28,211-моддаси 1-қисми билан жиноят ишлари қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Putin Ukrainaga dahshatli ogohlantirish berdi

Бу ҳақда The Daily Express нашри хабар берди.

Gvardiola Husanov sariq kartochka olgan vaziyat haqida fikr bildirdi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Брентфорд» устози Кейт Эндрюснинг биринчи бўлимида Абдуқодир Ҳусанов майдондан четлатилиши керак эди, деб ҳисоблаётгани ҳақида ўз фикрларини билдирди.

AQSh Tayvanga 10 mlrd dollardan ortiq qiymatda qurol sotishini e’lon qildi

АҚШ маъмурияти Тайванга умумий қиймати 10 миллиард доллардан ошадиган йирик қурол-яроғ пакети сотилишини маълум қилди.

Kirkukda toshqin sabab 300 oila uy-joyini tark etdi

Ироқнинг Киркук шаҳрида 9 декабрь куни ёққан кучли ёмғирлар оқибатида юзага келган тошқин сабаб 300 оила ўз уй-жойини ташлаб чиқишга мажбур бўлди.

Isroil Suriyadagi okkupasiyaga qaramay Damashq bilan kelishuv istagini bildirdi

Исроил Сурия ҳудудининг бир қисмини оккупация қилиб турганига қарамасдан, Дамашқ ҳукумати билан хавфсизлик масалалари бўйича келишувга эришишга интилаётганини билдирди.

«Yaqin Sharqqa so‘nggi 3000 yil ichida ilk bor tinchlik olib keldim» – Tramp

АҚШ президенти Дональд Трамп миллатга қилган навбатдаги мурожаатида ўз маъмурияти фаолиятини юқори баҳолаб, мамлакатдаги мавжуд муаммолар учун собиқ президент Жо Байден бошчилигидаги демократларни айблади. Тахминан 20 дақиқа давом этган чиқишида у иқтисод, хавфсизлик, миграция ва ташқи сиёсат масалаларига тўхталиб ўтди.

AQSh Suriya va Falastinni viza taqiqlari ro‘yxatidan qo‘shdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Белый уйда Ханука байрами муносабати билан ўтказилган қабулда Исроилни тўлиқ қўллаб-қувватлашини билдирди.

Dunyo bo‘ylab migrasiya tarixiy cho‘qqiga chiqdi

Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.

BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.