Fuqaro qarzini to‘lamaslik uchun avtomashinani raqamsiz boshqarib kelgan
MIB Buloqboshi tuman bo‘limi tomonidan 84 mln. so‘mlik kredit qarzini to‘lmasdan yurgan fuqaroning “Cobalt” rusumli avtomashinasiga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
Reyd tadbirida, raqamsiz “Cobalt” avtomashinasi to‘xtatilib, uning texnik pasporti orqali qidiruvdagi avtoulov ekanligi aniqlangan hamda xatlanib, jarima maydoniga olib kirilgan.
Hiylasi ish bermagan qarzdor oqibatda barcha qarzlarini to‘lashiga to‘g‘ri keldi va 84 mln. so‘m kredit qarzdorligi bank foydasiga undirib berildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)