Fruktoza darajasining oshishi miya uchun xavflidir — olimlar

Fruktoza darajasining oshishi miya uchun xavflidir — olimlar

Amerikalik olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar Alsgeymer kasalligining sabablaridan biri miyada fruktoza darajasining oshishi ekanligini isbotlamoqda. 

Kolorado universiteti Anshuts tibbiyot markazi olimlari Yaponiya va Meksikadagi hamkasblari bilan birgalikda Alsgeymer kasalligining sababi miyada hosil bo‘lgan fruktozaning haddan tashqari faollashishi bo‘lishi mumkin deb taxmin qilishdi.

Tadqiqotchilar rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan kasallikning rivojlanishini fruktoza metabolizmini keltirib chiqaradigan G‘arb diyetasi bilan bog‘lashdi. Shuningdek, diabet va semizlik bilan og‘rigan odamlarda Alsgeymer kasalligi nima uchun tez-tez rivojlanib borishi tushuntirildi.

"Fikrimizcha, Alsgeymer kasalligi — bu fruktoza miya metabolizmi va neyronlarning ishlashini buzishi natijasida kelib chiqqan zamonaviy kasallik", — dedi tadqiqotning yetakchi muallifi, tibbiyot fanlari doktori, professor Richard Jonson.

Maqola mualliflari – nevrologlar, neyrofiziologlar va boshqa mutaxassislar ko‘plab tadqiqotlar natijalari bo‘yicha miyada fruktoza miqdorining ushbu kasallik bilan bog‘liqligini tasdiqlashdi.

Olimlarning fikriga ko‘ra, miyadagi fruktoza asosiy manbai endogen miya sintezi hisoblanadi. Fruktoza metabolizmiga e’tibor qarasangiz, mitoxondrial energiya ishlab chiqarish sekinlashadi va bu neyronlarning funksionalligi hamda hayotiyligini ta’minlash uchun yetarli bo‘lmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!