Fransiyada noma’lum kishilar masjidga o‘t qo‘ydi

Fransiyada noma’lum kishilar masjidga o‘t qo‘ydi

Fransiyaning Nant shahrida noma’lum kishilar “Ar-Rahmon” masjidini yoqib yubordi. Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, masjid devoriga zarar yetgan, kirish eshigi butunlay yonib ketgan.

Ushbu hodisa payshanbadan jumaga o‘tar kechasi yuz berdi. Ma’lum bo‘lishicha, avvaliga masjid oldida turgan va ichi karton qutilarga to‘la uchta konteynerga o‘t qo‘yilgan. Shundan so‘ng yong‘in masjid binosiga o‘tgan, eshigi yog‘ochdan bo‘lgani sababli qisqa fursatda yonib ketgan.  

Masjid atrofidan benzin kanistri topilgan. Hodisa yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda, kuzatuv kameralarining tasvirlarni ko‘rib chiqilyapti.

Fransiya musulmonlar kengashi (CFCM) Tvitterdagi sahifasida mazkur hodisa musulonlarga nisbatan nafratning oqibati ekanligini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!