Fransiya yahudiylari Fransiyada antisemitizmning kuchayishida «chap»ni ayblamoqda

Fransiya yahudiylari Fransiyada antisemitizmning kuchayishida «chap»ni ayblamoqda

Fransiyalik yahudiylarning 92 foizi Fransiyada 7 iyul kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarining ikkinchi bosqichida g‘alaba qozongan so‘l qanot «Yangi xalq fronti» koalisiyasi mamlakatda antisemitizmning kuchayishiga «hissa qo‘shgan» deb hisoblaydi. Bu haqda Amerika yahudiy qo‘mitasining (AJC) Yevropadagi so‘rov natijalariga tayanib, The Times of israel nashri yozmoqda.

Bu fikr yuqorida qayd etilgan koalisiyaning saylov kampaniyasi vaqtida Falastin davlatini zudlik bilan tan olish, isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatish va Netanyaxu hukumatiga qarshi sanksiyalar qo‘llash haqidagi chaqiriqlaridan keyin shakllandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!