Fransiya Ichki ishlar vazirligi: 2022 yilda har 12 daqiqada bir bola yo‘qolganligi haqida xabarlar kelib tushdi

Fransiya Ichki ishlar vazirligi: 2022 yilda har 12 daqiqada bir bola yo‘qolganligi haqida xabarlar kelib tushdi

Fransiyada 2022-yilda har 12 daqiqada bir bola bedarak yo‘qolganligi qayd etilmoqda.Bunday ma’lumotlar Droit d’Enfance (Bolalar huquqlari) assosiasiyasining 2022 yil munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga tayangan holda tayyorlangan hisobotida keltirilgan.

2022 yilda Fransiyada yo‘qolgan bolalarning 40 mingdan ortiq faktlari qayd etilgan. Ularning 37,9 foizini 15 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar tashkil etdi.

63 foiz hollarda 15 yoshdan oshgan o‘smirlar ota-onalari bilan kelishmovchiliklar tufayli uylarini tark etishgan.

Bundan tashqari, voyaga yetmaganlarning bedarak yo‘qolganligi haqidagi xabarlarning salmoqli qismi qizlarning uydan qochib ketishi bilan bog‘liq.

Umuman olganda, bedarak yo‘qolganlar haqidagi xabarlar jamiyatning barcha sohalarini qamrab oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!