Fransiya futbol federasiyasi Argentina futbolchilari ustidan FIFA'ga shikoyat qiladi

Fransiya futbol federasiyasi Argentina futbolchilari ustidan FIFA'ga shikoyat qiladi

Fransiya futbol federasiyasi (FFF) Argentina terma jamoasi futbolchilarining fransiyalik futbolchilarga nisbatan aytgan irqchilik so‘zlari yuzasidan shikoyat bilan FIFAga murojaat qiladi.

Argentinalik futbolchi Enso Fernandes o‘zining ijtimoiy tarmog‘idagi jonli efirida 2024 yilgi Amerika chempionatining Mayami (AQSh)dagi final o‘yinida Kolumbiyani qo‘shimcha bo‘limda mag‘lub etib (1:0) chempion bo‘lganidan so‘ng muvaffaqiyatini nishonlagani haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Argentinalik futbolchilar jonli efirda Fransiya terma jamoasidagi afrikalik o‘yinchilarga qarshi irqchi so‘zlardan iborat qo‘shiqning bir necha satrini kuylashdi.

Fransiya matbuoti xabariga ko‘ra, FFF voqea yuzasidan FIFAga shikoyat qilishga qaror qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!