FQB Trampning uyidan 10 dan ortiq maxfiy hujjatlar to‘plamini topdi

FQB Trampning uyidan 10 dan ortiq maxfiy hujjatlar to‘plamini topdi

FQB dushanba kuni AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning uyida tintuv o‘tkazib, 11 to‘plam maxfiy hujjatlarni musodara qildi. Bu haqda Politico xabar bermoqda.

Topilgan hujjatlar orasida «o‘ta maxfiy»lari ham bor. Ularga kirish faqat maxsus davlat muassasalarida mumkin. Ta’kidlanishicha, FQB xodimlari yadro quroliga oid hujjatlarni qidirgan. Bunday hujjatlar topilgan yoki topilmagani haqida xabar berilmagan.

Sobiq prezidentning uyidan jami 20 ga yaqin quti fotosuratlar, eslatmalar va hujjatlar olib chiqilgan. Ular orasida Fransiya prezidenti va Trampning sobiq maslahatchisi Rojer Stounning afv etilishi haqidagi ma’lumotlar bor.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, tintuv o‘tkazishga hojat yo‘q edi, chunki sobiq prezident Oq uyni tark etishidan oldin sirli hujjatlar bo‘yicha ma’lumot bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!