13 oktyabr kuni Dubay amirligining taxt vorisi Shayx Hamdan ibn Muhammad Al-Maktum boshchiligidagi delegasiya O‘zbekistonga keldi. Ma’lum qilinishicha, Shahzoda Hamdan ibn Muhammad lochin bilan ov qilish maqsadida Navoiy shahriga uchib kelgan. Bu Hamdan ibn Muhammad uchun an’ana bo‘lib, u har yili O‘zbekistonga ov qilish maqsadida keladi.
Hamdan ibn Muhammad boshchiligidagi delegasiya lochinlar bilan shu hududda tuvaloqlarni ovladi.
Ma’lumot uchun, Hamdan ibn Muhammad Al-Maktum - Dubay amiri Muhammad ibn Roshid Al-Maktumning o‘g‘li, Dubay amirligining merosxo‘r shahzodasi, 1982 yilda tug‘ilgan. U faol hayot tarzi bilan mashhur. Shahzoda parashyutdan sakrash, suv ostiga sho‘ng‘ish, baliq ovi, lochin ovi, snoubording, velosport, ot sporti va sportning ko‘plab boshqa turlariga qiziqadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Бош прокуратура ахборот хизмати терговга қадар текширув давомида InfinBANK АТБ Қўқон филиали кредит бўлими мутахассиси А.Т. гумонланувчи сифатида қўлга олинганини маълум қилди
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.