Foto: Imomali Rahmonning o‘g‘li Toshkentga keldi

Foto: Imomali Rahmonning o‘g‘li Toshkentga keldi

Tojikiston poytaxti raisi Rustam Imomali boshchiligidagi delegasiya Toshkentga keldi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Rustam Imomali Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ular o‘zaro munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari haqida fikr almashdilar va tomonlar o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Ma’lumot uchun, 31 yoshli Rustam Imomali Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning to‘ng‘ich o‘g‘li hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!