Floyd Meyvezer ringga qaytish haqidagi savolga javob berdi

Floyd Meyvezer ringga qaytish haqidagi savolga javob berdi

Boks bo‘yicha besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer ringga qaytish niyati yo‘qligini aytdi.

“Men boksni tashladim. Ehtimol, endi boshqa shou-janglar bo‘lmaydi”, – dedi Meyvezer videobloger Logan Polga qarshi jangdan keyingi matbuot anjumanida. Sakkiz raundlik ko‘rgazmali jang to‘liq davom etdi. Unda ustunlik Meyvezer tomonidan bo‘lgan bo‘lsa-da, nokaut qayd etilmagani bois g‘olib nomi aniqlanmadi.

Jang ko‘rgazmali kurash bo‘lgani uchun ringdan tashqarida hakamlar yo‘q edi, shuning uchun faqat nokaut bilan g‘alaba qozonish mumkin edi, ammo bu amalga oshmadi.

Ma’lumot uchun, Floyd professional faoliyati mobaynida 50 ta jang o‘tkazib, ularning hammasida g‘alaba qozongan (27 ta nokaut). Logan Pol hisobida esa mag‘lubiyat bilan tugagan bitta jang bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!