“FIRST Global Challenge” g‘oliblari va ularning murabbiylari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 13 oktyabrdagi Farmoniga muvofiq, Koreya Respublikasining Inchxon shahrida o‘tkazilgan “FIRST Global Challenge” xalqaro robototexnika musobaqasida jahon chempioni bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari va ularning murabbiylari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Dunyoning 190 ga yaqin mamlakati yoshlari ishtirok etgan nufuzli musobaqada rekord natija qayd etib, tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritgan jamoa o‘zining yuksak intellektual salohiyati, muhandislik mahorati va zamonaviy texnologiyalar sohasidagi bilimlarini namoyon etdi.
“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan:
- Bo‘taxonov Ziyodulla Zoyirjon o‘g‘li — O‘zbekiston robototexnika terma jamoasi bosh murabbiysi.
“Kelajak bunyodkori” medali bilan:
- Salomov Ibroxim Uktamovich — terma jamoa sardori;
- Abdujabborov Abdullox Abdug‘ofur o‘g‘li — texnik murabbiy;
- Akbarov Shoxruxbek A’zamjon o‘g‘li — terma jamoa a’zosi;
- Kosimov Akbarshox Anvar o‘g‘li — terma jamoa a’zosi;
- Miraxmedov Ayubxon Anvar o‘g‘li — terma jamoa a’zosi;
- Pardayev Umarbek Sherzod o‘g‘li — terma jamoa a’zosi;
- Sodiqov Shukrullo Sherali o‘g‘li — terma jamoa a’zosi;
- Teshabayev Maxkambek — terma jamoa a’zosi;
- Teshabayeva Safina — terma jamoa menejeri;
- Tojiqo‘ziyev Jasurbek Rustamjon o‘g‘li — terma jamoa a’zosi;
- Urmanov Baxodir Doniyorovich — terma jamoa a’zosi;
- Urmanov Xondamir Doniyorovich — terma jamoa a’zosi;
- Yusupxo‘jayev Hasanxon Alisher o‘g‘li — terma jamoa menejeri.
Ushbu mukofotlar yoshlarni ilm-fan, ilg‘or texnologiyalar, ixtirochilik va innovasiyalarga keng jalb etish, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish hamda Vatanga muhabbat va milliy g‘urur tuyg‘ularini yuksaltirish yo‘lidagi xizmatlarning e’tirofidir.
Jahon maydonida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilgan g‘oliblar va ularning murabbiylarini ushbu yuksak e’tirof bilan tabriklaymiz!
