Finlyandiya va Shvesiya birgalikda qurol sotib olmoqchi

Finlyandiya va Shvesiya birgalikda qurol sotib olmoqchi

Finlyandiya va Shvesiya birgalikda portativ o‘qotar qurollar va tankga qarshi qurollarni sotib oladi. Bu haqda Finlyandiya Mudofaa vazirligi ikki davlat NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirgan vaqtida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ikki davlat shved qurol ishlab chiqaruvchi Saab Dynamics sho‘’ba korxonasidan tankga qarshi qurollarni sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishish orqali Finlyandiya mudofaa xaridlari bo‘yicha hamkorlikni faollashtiradi.

Finlyandiya Mudofaa vaziri Antti Kaykkonen ham avtomatlar, o‘qotar qurollar va shaxsiy mudofaa qurollarini birgalikda sotib olishga tayyorgarlik ko‘rishga ruxsat bergan.

Tankga qarshi qurollar bo‘yicha kelishuv raketalar, qaytariluvchi miltiqlar, o‘q-dorilar va boshqa tegishli jihozlarni sotib olishga imkon beradi. Hozirda xaridlar alohida investisiya qarorlarini kutmoqda.

“Ijro hujjatlari tufayli qo‘shma xaridlar Finlyandiya va Shvesiyada muhim mudofaa uskunalari mavjudligini yaxshilaydi, chunki mamlakatlar bir xil tijorat kelishuvi asosida faoliyat yurita oladi”, deyiladi bayonotda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!