Finlyandiya ham NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirishga tayyor

Finlyandiya ham NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirishga tayyor

Finlyandiya 18 may chorshanba kuni NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza berishi mumkin. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Pekka Xaavisto shanba kuni Shvesiyaning Aftonbladet gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Biz tomondan NATOning Bryusseldagi doimiy vakili buni chorshanba kuni amalga oshiradi. Agar NATO bilan muzokaralar boshlansa, ular tashqi ishlar vaziri va mudofaa vaziri boshchiligidagi delegasiya tomonidan olib boriladi" - dedi u.

Finlyandiya parlamenti 16 may kuni mamlakatning Shimoliy Atlantika alyansiga kirish istiqbollari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi. 12 may kuni prezident Sauli Niinistyo va bosh vazir Sanna Marin respublika imkon qadar tezroq NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirishi kerakligini e’lon qildi. Rasmiy qaror 15 may kuni qabul qilinishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!