FIFA The Best sovrini uchun nomzodlarni e’lon qildi

FIFA The Best sovrini uchun nomzodlarni e’lon qildi

FIFA 2023 yilning eng yaxshi o‘yinchisi, murabbiyi va darvozaboniga topshiriladigan The Best sovrini uchun nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi.

FIFAning yil o‘yinchisi sovrini uchun 12 nafar futbolchi da’vogarlik qilmoqda.

Ro‘yxatdan Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»), Bernardu Silva («Manchester Siti»), Xvicha Kvarasxeliya («Napoli»), Erling Holand («Manchester Siti»), Xulian Alvares («Manchester Siti»), Ilkay Gundo‘g‘an («Barselona»), Rodri («Manchester Siti»), Lionel Messi («Inter Mayami»), Viktor Osimhen («Napoli»), Kilian Mbappe («PSJ»), Deklan Rays («Vest Hem»/»Arsenal»), Marselo Brozovich («Inter», «An-Nasr») singari o‘yinchilar joy olgan.

Qayd etish joizki, g‘olibni aniqlashda JCH-2022dagi natijalar hisobga olinmaydi.

Ma’lumot uchun, The Best sovrinining amaldagi sohibi Lionel Messi sanaladi.

FIFA yilning eng yaxshi darvozaboniga topshiriladigan The Best sovrini uchun esa yakuniy beshlikdan Yassin Bunu (Marokash, «Sevilya» / «Al-Hilol»), Tibo Kurtua (Belgiya, «Real»), Ederson (Braziliya, «Manchester Siti»), Andre Onana (Kamerun, «Inter» / «Manchester Yunayted») va Mark-Andre ter Stegen (Germaniya, «Barselona») singari golkiperlar o‘rin oldi.

FIFA yilning eng yaxshi murabbiyiga atalgan The Best sovrini uchun ham nomzodlarni ma’lum qildi.

2023 yilda sovrin uchun Pep Gvardiola («Manchester Siti»), Simone Indzagi («Inter»), Endj Postekoglu («Seltik» / «Tottenhem»), Luchano Spalletti («Napoli») va Xavi («Barselona») da’vogarlik qilmoqda.

Ma’lumot uchun, FIFA rasmiy saytida The Best sovrini uchun da’vogarlarga muxlislar bugundan ovoz berishlari mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!