FIFA hakamlari Ronaldu tepgan penaltini noto‘g‘ri tayinlangan degan fikrda

FIFA hakamlari Ronaldu tepgan penaltini noto‘g‘ri tayinlangan degan fikrda

24 noyabr kuni JChning birinchi turi doirasida bo‘lib o‘tgan Portugaliya hamda Gana o‘rtada bahs bo‘lib o‘tdi. O‘yinda hisobni Krishtianu Ronaldu penalti evaziga ochdi. 11 metrli jarima zarbasining tayinlanishi turli munozaralar keltirib chiqardi.

Jurnalist Igor Rebiner FIFA ichki ishlaridan xabardor odamdan ba’zi ma’lumotlarni oshkor qildi. Ma’lum bo‘lishicha, FIFA hakamlar qo‘mitasi Ronalduga qarshi penalti noto‘g‘ri tayinlangan deb hisoblaydi.

Gana bosh murabbiyi ham Otto Addo penatli berilgan vaziyatda yulduz – Krishtianu ishtirok etganligi uchun shunday qaror qabul qilingan, degan edi.

Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu penaltidan urgan goli tufayli 5 ta jahon chempionatlarida gol urgan ilk o‘yinchiga aylandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!