Fazliddin Parpiyev AQShdan siyosiy boshpana so‘rash harakatiga tushganmi?

A A A
Fazliddin Parpiyev AQShdan siyosiy boshpana so‘rash harakatiga tushganmi?

Avvalroq, O‘zbekiston musulmonlari idorasining sobiq xodimi Mubashshir Ahmad Facebook dagi sahifasi orqali Din va davlat ravnaqi uchun qo‘lni qo‘lga beraylik nomli maqolani e’lon qilgani haqida xabar bergan edik. Ushbu maqolada muallif yaqinda O‘zbekistondan ketib qolgan Yunusobod tumanidagi Omina masjidi imomi Fazliddin Parpiyevning Prezident Mirziyoyevga yo‘llagan murojaati va Amerika ovozi ga bergan intervyusiga ham to‘xtalgan. Unga ko‘ra, mamlakat yoshlari orasida radikallashuvga moyillik mavjud.

Fazliddinning intervyusida ayrim haqiqatlar aytilgan. Lekin shu bilan birga noto‘g‘ri va maqsadli ma’lumotlar ham zikr qilindi. Jumladan xonadonma-xonadon yurilib, ro‘molga qarshi targ‘ibot ishlari yuritildi va ko‘plarning soqoli oldirildi, deyilishi noto‘g‘ri. Ro‘mol masalasida men bunday xabar eshitmagan bo‘lsam, soqol masalasida boshlanishida biroz muammo paydo bo‘lgan bo‘lsa, hozir hammasi joyida , deb yozadi Mubashshir Ahmad.

Fazliddin Parpiyev demokratik davlatda diniy erkinlik ta’minlanishi kerakligini aytib, ayrim soqol qo‘yganlar, hijob o‘raganlar va Qur’onni yodlaganlarga tazyiq bo‘layotganini asossiz iddao qilgan.

Shundan so‘ng, u ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida Soqol qo‘ysangiz, ruschani ham o‘rganib oling nomli maqola e’lon qildi va ko‘p o‘tmay o‘zining prokuraturaga chaqirilganini, bu voqeadan keyin mamlakatdan chiqib ketganini aytib chiqish qildi. Fazliddin Parpiyevning iddaolari bugungacha jiddiy qabul qilingani yo‘q. Boisi u hatto prokuratura xodimlarining tomonidan unga qanday munosabatda bo‘linganini ham aniq aytib berolmagan. Uning tushunishicha, imomning prokuraturaga chaqirilishi huquqlari toptalishi bilan barobar.

Idoraning sobiq xodimi Mubashshir Ahmadga ko‘ra, Fazliddin Parpiyev AQShdan siyosiy boshpana so‘rash harakatiga tushib qolgan:

Suhbatdan Fazliddin nima qilib bo‘lmasin, siyosiy boshpana so‘rash harakatiga tushib qolibdi, degan taassurot qoldi menda. Menimcha muammolarni bunchalik shishirmay va bo‘rttirmay ham, boshpanaga ega bo‘lish mumkin bo‘lsa kerak. Va siyosiy boshpana olmay ham kishi chet elda risoladagidek yashashi mumkin, deb o‘ylayman. Muxbir ham Keyingi ikki yilda birinchi marotaba deb yangi qarama-qarshilik davriga start bergisi kelgandek gapirdi .

Mubashshir Ahmad maqolasida iddao qilinishicha, Fazliddin Parpiyevning Prezidentga murojaati va intervyusi bugungi jamiyatning yakdil fikri emas. Va bunga ommaning e’tiborini tortib, siyosiy maqsadlar yo‘lida foydalanish noto‘g‘ri. Bu haqda u shunday yozadi.

Fazliddin orqali o‘zbek davlatchiligining hozirgi nozik davrida yana eski sahifani ochishga bo‘lgan urinishlarga qat’iyyan qarshiman. U nodir voqea va natijasi Fazliddinning o‘ziga tegishli bo‘lishi kerak. Bunga ommaning e’tiborini tortib, siyosiy maqsadlarda foydalanishlariga yo‘l qo‘ymaslik lozim.

Fazliddin, nima qilgan bo‘lsangiz, Alloh uchun qildingiz, savobini Allohdan umid qiling! Oldingi hikmat va farosat haqidagi gaplarim sizga tegishli emas edi, endi bo‘lsa sizni ham shunga chaqiraman. Garchi sizning tasarrufingiz juda katta falokatga olib boradi, deb o‘ylamasam-da, shunga turtki bo‘lib qolishidan xavotirdaman va siz ham mas’uliyatni his qiling! G‘animlar tomonidan mana yana O‘zbekistonda tazyiqlar boshlandi, deya sizni bunga vosita qilishlariga yo‘l qo‘ymang. Ilm oling, bering. Xalqni Allohning diniga chaqiring. Ammo aslo kimlarnidir siyosiy maqsadlari qurboniga aylanmang!

Shavkat Mirziyoyev Prezident sifatida ish boshlagan ilk kunlardanoq mamlakatda diniy sohada juda katta o‘zgarishlar kuzatildi. E’tiqod va vijdon erkinligi haqiqiy ma’noda ta’minlandi. Din sohasida amalga oshirilgan islohotlarning esa sanog‘i yo‘q. Mubashshir Ahmad ham maqolasida shularni nazarda tutgan holda davlat rahbari va amaldorlarning musulmon ekanini alohida urg‘ulaydi:

Mamlakatimiz musulmon mamlakat. Rahbarlarning biz taniganlarimiz hammalari musulmon. Bunday davlatda davlatga qarshi chiqish, beqarorlik yuzaga keltirish joiz emas.

Davlat va hokimiyat maqsadingiz bo‘lmasin! Chunki dinning tarqash vositasi ham, nihoiy maqsadi ham hokimiyat bo‘lmagan. Payg‘ambar alayhissalomga Makka mushriklari tomonidan hokimiyat taklif qilingandagi javoblarini eslang, sizga shuning o‘zi kifoya. Siz o‘zingizni isloh qilsangiz, men o‘zimni isloh qilsam va u o‘zini isloh qilsa, jamiyat isloh qilinganlar va davlat isloh bo‘lgan davlat bo‘ladi-ku. Maqsad shu emasmi asli?

Islomga g‘ayratingiz, ixlosingiz va bundagi shijoatingiz din xizmati uchun yetarli emas. Balki ilm, hikmat yo‘lchi yulduzingiz bo‘lishi shart. Bo‘lmasa aldanasiz, xato qilasiz .

Manba: qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

To‘satdan kartangizdan pul yechilsa, hayron bo‘lmang!

ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди. ​Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. ​Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

O‘zbekistonliklar va turkmanistonliklarning qarshiligiga qaramay Rog‘un GES qurilishi davom etadi

Жаҳон банки шикоятни рад этишни ички қоидаларга асослаган

Turkiya Rossiyadan sotib olingan S-400 zenit-raketa majmualarini qaytarmoqchi

Вашингтон Анқарадан Россия ҳарбий техникасидан воз кечишни талаб қилмоқда.

Qobiljonni kim o‘ldirdi? Rossiyada sodir etilgan mudhish qotillikning asl aybdori aytildi

16 декабр куни Тожикистон фуқароси, 10 ёшли Қобилжон Алиевнинг Москва вилоятидаги мактабда 9-синф ўқувчиси Тимофей К. томонидан пичоқлаб ўлдирилгани Россияда миллатчилик кайфияти тобора кучайиб бораётганини тасдиқлагандек бўлди.

Gvardiola Husanov sariq kartochka olgan vaziyat haqida fikr bildirdi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Брентфорд» устози Кейт Эндрюснинг биринчи бўлимида Абдуқодир Ҳусанов майдондан четлатилиши керак эди, деб ҳисоблаётгани ҳақида ўз фикрларини билдирди.

Putin Ukrainaga dahshatli ogohlantirish berdi

Бу ҳақда The Daily Express нашри хабар берди.

Rossiyada maktabga hujum qilib, tojikistonlik bolani o‘ldirgan o‘smir hibsga olindi

Шу мактабнинг тўққизинчи синфи ўқувчиси бўлган 15 ёшли Тимофей мактабга пичоқ кўтариб келиб, қўриқчи ва ўқувчиларга ҳужум қилган.

AQSh Tayvanga 10 mlrd dollardan ortiq qiymatda qurol sotishini e’lon qildi

АҚШ маъмурияти Тайванга умумий қиймати 10 миллиард доллардан ошадиган йирик қурол-яроғ пакети сотилишини маълум қилди.

Kirkukda toshqin sabab 300 oila uy-joyini tark etdi

Ироқнинг Киркук шаҳрида 9 декабрь куни ёққан кучли ёмғирлар оқибатида юзага келган тошқин сабаб 300 оила ўз уй-жойини ташлаб чиқишга мажбур бўлди.

Isroil Suriyadagi okkupasiyaga qaramay Damashq bilan kelishuv istagini bildirdi

Исроил Сурия ҳудудининг бир қисмини оккупация қилиб турганига қарамасдан, Дамашқ ҳукумати билан хавфсизлик масалалари бўйича келишувга эришишга интилаётганини билдирди.

«Yaqin Sharqqa so‘nggi 3000 yil ichida ilk bor tinchlik olib keldim» – Tramp

АҚШ президенти Дональд Трамп миллатга қилган навбатдаги мурожаатида ўз маъмурияти фаолиятини юқори баҳолаб, мамлакатдаги мавжуд муаммолар учун собиқ президент Жо Байден бошчилигидаги демократларни айблади. Тахминан 20 дақиқа давом этган чиқишида у иқтисод, хавфсизлик, миграция ва ташқи сиёсат масалаларига тўхталиб ўтди.

AQSh Suriya va Falastinni viza taqiqlari ro‘yxatidan qo‘shdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Белый уйда Ханука байрами муносабати билан ўтказилган қабулда Исроилни тўлиқ қўллаб-қувватлашини билдирди.

Dunyo bo‘ylab migrasiya tarixiy cho‘qqiga chiqdi

Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.

BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.