Fashistlarning soxta aerodromini inglizlar qanday fosh qilgan edi?

Fashistlarning soxta aerodromini inglizlar qanday fosh qilgan edi?

Ikkinchi jahon urushi davrida fashistlar “ko‘zni shamg‘alatish” maqsadida ishg‘ol qilingan Gollandiya hududida soxta aerodrom qurishni boshlashadi. Undagi barcha qurol-aslaha hamda harbiy texnikalar taxta va fanerdan yasalgan edi. Barcha ishlar maxfiylik rejimi asosida olib borilayotgan edi. 

Kutilmaganda samoda ingliz harbiylarining bombardimonchi samolyoti ko‘rinadi va u bomba tashlab o‘tib ketadi.

Barcha qo‘rquvdan pana joylarga yashirinadi. Biroq, biroz o‘tib ushbu “bomba”ning aslida yog‘ochdan yasalganligi ma’lum bo‘ladi. Inglizlarning bu hazili soxta aerodrom haqida haqiqatni anglashganidan dalolat edi. Shu sababli fashistlar qurilish ishlarini darhol tugatishadi.  
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!