Farg‘onalik erkak 6 nafar talabani chuv tushirib ketdi

Farg‘onalik erkak 6 nafar talabani chuv tushirib ketdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Quva tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.N. Guliston davlat universitetiga superkontrakt asosida o‘qishga kirgan G.ning kontrakt to‘lovi miqdorini tanishlari yordamida 8,7 mln so‘mga kamaytirib berish evaziga talabaning onasi X.dan 1 800 AQSh dollari hamda O‘sh tibbiyot instituti talabasi D.ning o‘qishini Toshkent pediatriya instituti Farg‘ona filialiga ko‘chirib berishi evaziga 3 000 AQSh dollari talab qilib, shundan 2 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruvda A.N. O‘sh tibbiyot institutining 3 nafar talabalarining o‘qishini Andijon tibbiyot instituti va Toshkent tibbiyot akademiyasiga ko‘chirib berishi evaziga jami 10 000 AQSh dollarini hamda Namangan Davlat Universitetiga superkontrakt asosida o‘qishga kirgan O.ning kontrakt to‘lovini o‘ziga qarashli firma orqali to‘lab berish evaziga 1 400 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!