Farg‘onalik ayollar ibrat bo‘lmog‘i lozim

Farg‘onalik ayollar ibrat bo‘lmog‘i lozim

Viloyat “Tadbirkorlar markazi”da viloyat xotin-qizlar qo‘mitasining Y-hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi, “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini  mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takolmillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlari ijrosini ta’minlash borasida xotin-qizlar qo‘mitalari oldida turgan dolzarb vazifalar muhokama qilindi.

Anjumanda Oliy Majlis Senati a’zolari, tuman va shahar hokimi o‘rinbosarlari, xotin-qizlar qo‘mitalari raislari, Farg‘ona viloyatining faol ayollari, deputatlar qatnashdilar. Uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova olib bordi.

V-hisobot-saylov konferensiyasida viloyat xotin-qizlar qo‘mitasining hisobotini qo‘mita boshqaruv a’zosi Xadicha Karimova o‘qib eshittirdi.

Joriy yil davomida mutasaddi idoralar hamkorligida 737 mingtadan ortiq xonadonlarga kirilib, oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit o‘rganildi. 84 mingdan ortiq muammolar aniqlanib, ularning 77 mingdan ortig‘i joylarning o‘zida bartaraf etildi.

2018 yilda 310 nafar turar-joyga muhtoj, nogironligi bo‘lgan opa-singillarimizga uylar berildi. 5325 nafar xotin-qizlar esa maxsus dastur asosida ish bilan ta’minlandi.

Joriy yilning 10 oyi mobaynida 42865 nafar ayollarning ish bilan ta’minlanishiga erishildi. 120 ta tikuv sexlari ishga tushirilib, 1348 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

“Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida 2316 nafar xotin-qizlarga 133 milliard 780 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi.

Lekin olib borilayotgan ishlarga qaramay, joriy yilning 10 oyi mobaynida 2592 ta ajrim qayd etildi, deyildi anjuman hisobotida. Oilaviy ajrimlar oqibatida 1661 nafardan ortiq voyaga yetmagan bolalarning to‘liq bo‘lmagan oila farzandiga aylanganligi barchani jiddiy tashvishga soladi.

O‘tgan yillarga nisbatan bu yil ayollar o‘rtasida sodir etilgan jinoyatlar soni kamaygan bo‘lsa-da, Farg‘ona va Qo‘qon shaharlari, Farg‘ona tumanida salbiy holatlar yuqoriligacha qolmoqda.

Muzokaralarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona viloyati Xalq qabulxonasi mudiri Robaxon Mahmudova, “Nurli obod” fermer xo‘jaligi rahbari Lolaxon Murotova, Xalq demokratik partiyasi viloyat Kengashi raisi Dilbarxon Mamajonova, ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Azimjon Yo‘ldoshev, “Tadbirkor ayol”  O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assosiasiyasi Farg‘ona viloyati bo‘linmasi rahbari Dilorom Mehmonovalar so‘z oldilar.

Hisobot-saylov konferensiyasida tashkiliy masala ko‘rildi. Shu kungacha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Farg‘ona viloyati bo‘limi rahbari vazifasida faoliyat olib borayotgan Dilafro‘z Qosimova Farg‘ona viloyati xotin-qizlar qo‘mitasining raisi lavozimiga saylandi.

Farg‘ona viloyati xotin-qizlar qo‘mitasining V-konferensiyasi qarori qabul qilindi.

Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzilla Norboyeva, viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev ishtirok etdilar va so‘zga chiqishdi.

Manba: haqiqat.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!