Farg‘onadagi o‘zaro janjal pichoqbozlik bilan yakunlandi

Farg‘onadagi o‘zaro janjal pichoqbozlik bilan yakunlandi

Farg‘ona shahrida 2 yanvar kuni Yangi asr ko‘chasida yashovchi X.M. Mustaqillik ko‘chasi oldida o‘zaro janjal oqibatida Marg‘ilon shahrida yashovchi A.A.ning biqin qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, A.A. kasalxonaga yotqizilgan. X.M. qo‘lga olingan.Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!