Farg‘onada uch egizak tug‘ildi. Ularga qanday ism qo‘yilganini bilasizmi?

Farg‘onada uch egizak tug‘ildi. Ularga qanday ism qo‘yilganini bilasizmi?

Oilada farzand dunyoga kelishi katta baxt, agar ular egizak bo‘lsa, qo‘shaloq bayram. Shunday quvonchli voqea Farg‘ona shahar markaziy shifoxonasining tug‘ruq bo‘limida yuz berdi. Bu yerda Nozimaxon Ahmadjonova egizaklar – bir qiz va ikki o‘g‘ilni dunyoga keltirdi.

Farg‘ona viloyati sog‘liq saqlash boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, ayolning turmush o‘rtog‘i Xurshidbek Ibrohimov harbiy xizmatchi. Buxoro viloyatida faoliyat yuritib keladi. Ushbu oilada bir nafar o‘g‘il farzand bor edi, endilikda to‘rtta bo‘ldi!

Chaqaloqlarning otasi harbiy xizmatchi bo‘lgani bois, buyuk ajdodlarimizdek salohiyatli va jasoratli insonlar bo‘lsin, deb yaxshi niyat qilib, egizaklarning eng kattasiga Bibixonim, o‘g‘il bolalarga Amirbek va Temurbek, deb ism qo‘yishdi.
Tug‘ilgan uch nafar chaqaloqning barchasi sog‘lom, malakali mutaxassislar tomonidan ko‘rikdan o‘tkazildi. Ayni paytda onaga ham, chaqaloqlarga ham tajribali shifokorlar nazorati ostida, malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!