Farg‘onada hamshiralik vazifasiga ishga kirish — 800 AQSh dollari!

Farg‘onada hamshiralik vazifasiga ishga kirish — 800 AQSh dollari!

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Farg‘ona shahar ko‘p tarmoqli poliklinikasi vrach-laboranti Shoira.R. fuqaro Sayera B.ni ushbu shifoxonaga hamshiralik vazifasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 800 AQSh dollarini talab qilib, olayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Shoira R.ga nisbatan JKning 168 va 28, 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!