Farg‘onada erkak nega toshbo‘ron qilinib, itga talatilgani ma’lum bo‘ldi (VIDEO)

Farg‘onada erkak nega toshbo‘ron qilinib, itga talatilgani ma’lum bo‘ldi (VIDEO)

Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan “ODAMNI TOSHBO‘RON QILIB, ITGA TALATIB DO‘PPOSLASHMOQDA. DAHSHATLI JANJAL” nomli videoxabar Farg‘ona viloyati IIB tomonidan o‘rganib chiqildi.

Ma’lum bo‘lishicha joriy yilning 13 may kuni Farg‘ona shahar A.Jomiy ko‘chasi 16 uy 27-xonadonda yashovchi fuqaro M.A Farg‘ona viloyati IIB 102 qisqa raqamiga murojaat qilib, unga tanish bo‘lgan F. va U. ismli fuqarolar uni urganligini aytib, qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Tergovga qadar tekshirish davomida fuqaro M.A o‘zining “Alabay” itini ushbu ko‘p qavatli uyning birinchi qavati orqa tarafiga boylab qo‘yganligi sababli, Farg‘ona shahar Ozodlik ko‘chasi 27-uyda yashovchi, fuqaro S.S unga e’tiroz bildirilganligi uchun o‘rtada nizo kelib, janjalga aylangan va fuqaro S.S fuqaro M.Ani so‘kib, urib tan jarohati yetkazgan. Ushbu ko‘p qavatli uyda yashovchi fuqarolar M.A va S.S ning o‘rtasidagi janjalni tinchlantirishga harakat qilishgan.

Mazkur holat yuzasidan M.A ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi va 41 moddalari bilan, fuqaro I.Rga nisbatan ushbu kodeksning 41-modda va 183-moddalari bilan, fuqaro S.Sga 41-moddasi va 52-moddasi 2-qismi hamda 183-moddasi bilan, fuqaro F.S ga nisbatan esa 183-moddasi bilan hujjatlar rasmiylashtirib, 24.05.2022 yil kuni JIB Farg‘ona shahar sudiga yuborilgan.

Mazkur holat yuzasidan JIB Farg‘ona shahar sudi tomonidan fuqaro M.A ning murojaatiga asosan hujjatlar o‘rganib chiqishlik uchun Farg‘ona shahar prokuraturasiga yuborilgan.

Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!