Farg‘onada divan tagidan “ko‘knori somoni” giyohvandlik moddasi topildi

Farg‘onada  divan tagidan  “ko‘knori somoni” giyohvandlik moddasi topildi

9-oktyabr kuni Yozyovon tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida Ittifoq MFY hududida yashovchi U.R.ni yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda yashash xonadoni yotoqxonasidagi divan tagidan “ko‘knori somoni” giyohvandlik vositasi saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sog‘lig‘ingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!