Farg‘onada 3 joyidan pichoqlangan fuqaroga sud-ekspertizasi yengil tan jarohati xulosasini berdi

Farg‘onada 3 joyidan pichoqlangan fuqaroga sud-ekspertizasi yengil tan jarohati xulosasini berdi

Farg‘ona viloyati Quva tumanida 3 joyidan pichoqlangan fuqaroga sud-ekspertizasi yengil tan jarohati xulosasini berdi. Viloyat IIB holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, 21 aprel kuni fuqaro B.T. Quva tumani Begat qishlog‘i markazida fuqaro A.A. bilan kelishmovchilik sababli janjallashib, B.T. yonidagi oshxona pichog‘i bilan A.A.ning o‘ng va chap son hamda qorin qismiga qasddan urib, tan jarohati yetkazgan.

Tuman tibbiyot bo‘limining dastlabki xulosasiga asosan tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi “m” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tayinlangan sudga oid ekspertizaning 15 may kungi xulosasida janjalga aralashgan 4 nafar fuqaroda 6 kundan ko‘p davom etmaydigan, fuqaro A.A.da qorin, ko‘krak, o‘ng va chap son, yonbosh sohalarida kesilgan yaralar aniqlanib, 21 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga sog‘lig‘ini buzilishiga sabab bo‘luvchi yengil tan jarohatlari ko‘rsatilgan.

Fuqaro A.A. ekspertning mazkur xulosasiga e’tiroz bildirgani sababli sudga oid qayta tibbiy ekspertiza tayinlanib, ijro etish uchun Andijon viloyatiga yuborilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!