Farg‘onada 11 yoshli bola 2 yashar qizning umriga zomin bo‘ldi

Farg‘onada 11 yoshli bola 2 yashar qizning umriga zomin bo‘ldi

Shu yilning 10 noyabr kuni Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida otasiga tegishli «Damas» avtomashinasini minib, mahalladagi savdo do‘konidan oziq-ovqat mahsulotlari olib kelishga chiqqan 11 yoshli I. qo‘shni qizaloq — 2 yoshli I. ni urib yuborgan.

Avtohalokat natijasida sarosimaga tushib qolgan bolakay voqea joyidan qochib ketgan. Afsuski, jajji qizchaga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilmagani sababli u voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.

Bag‘dod tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori Ahror Jakbarovning ma’lum qilishicha, ayni paytda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, tumandagi umumta’lim maktablaridan birining 4-sinf o‘quvchisi bo‘lgan bolakay uyi oldida otasi kaliti bilan qoldirgan «Damas»ni ruxsatsiz haydagan va boshqaruvni eplay olmay avtohalokat sodir etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!