Farg‘onada "102"ga noto‘g‘ri xabar bergan fuqaroga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Farg‘onada "102"ga noto‘g‘ri xabar bergan fuqaroga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Farg‘ona viloyati. 2021 yilning 14 aprel kuni Toshloq tumani Toshloq mahallasida yashovchi 39 yoshli D.Mansurjon  Farg‘ona viloyat IIB ga “102” qisqa raqami orqali murojaat qilib, unda shu kuni soat 09:00 larda uyining oldida qoldirgan davlat raqami bo‘lmagan qora rangli, “Gentra” rusumli avtomashinasini noma’lum shaxslar tomonidan olib qochilganligini ma’lum qilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida, D.Mansurjonni  avtomashinasi olib qochib ketilmaganligi, balki u fuqaro I.Boburdan “Gentra” rusumli avtomashinasini sotib olib, nomiga rasmiylashtirib, avtomashinani shu kunga qadar I.Boburdan o‘zining egaligiga ololmayotganligi tufayli, avtomashinani boshqa yo‘llar bilan olish maqsadida, IIBga yolg‘on xabar berganligi aniqlanib, I.Boburdan “Gentra” rusumli avtomashina ashyoviy daliliy tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Toshloq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan D.Mansurjonga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 237-moddasi 1-qismi (Yolg‘on xabar berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ta’kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksi normalariga ko‘ra, bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 75 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!