Facebook va Twitter Trampning sahifasini to‘sgandan keyin 44 milliard dollar yo‘qotdi

Facebook va Twitter Trampning sahifasini to‘sgandan keyin 44 milliard dollar yo‘qotdi

Trampning sahifalari bloklangandan keyin Facebook va Twitter’ning bozor narxi mos ravishda 41 mlrd dollar va 3 mlrd dollarga arzonlashib ketgan.   

NASDAQ birjasida Facebook aksiyalari 5,3 foizga arzonlashib, kompaniya kapitallashuvi 731,56 mlrd dollarga tushib ketgan. Twitter aksiyalari esa 7,74 foizga arzonlashgan va buning natijasida kompaniyaning bozor narxi 38,3 mlrd dollargacha tushib ketgan. 

Avvalroq ma’lum qilinganidek, Trampning Twitter’dagi akkaunti bloklangach, AQSh prezidenti tarafdorlari orasida Telegram messenjeri ommalasha boshlangan. Bunga, shuningdek, Tramp tarafdorlari orasida ommalashgan Parler ijtimoiy tarmog‘ining App Store va Google Play’dan o‘chirilishi ta’sir qilgan.

AQSh prezidentining Facebook va Twitter’dagi sahifalari Trampning tarafdorlari Vashingtondagi Kapitoliy binosiga bostirib kirishgandan keyin bloklab qo‘yilgandi. Ushbu ijtimoiy tarmoqlar rahbariyatining fikricha, Trampning postlari ijtimoiy tarmoqlarning zo‘ravonlikka chaqirish va uni olqishlashni taqiqlovchi qoidalarini buzgan.  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!