Facebook katta jarimaga tortildi

Facebook katta jarimaga tortildi

Italiyada Facebook foydalanuvchilar ma’lumotlaridan foydalangani uchun 7 million yevro miqdorida jarimaga tortildi. Bunga kompaniyaning 2018 yilda foydalanuvchilar ma’lumotlaridan foydalanishni to‘xtatish to‘g‘risidagi buyruqqa amal qilmagani sabab bo‘lgan. Bu haqda “La Repubblica” xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, Facebook ro‘yxatdan o‘tayotganda foydalanuvchilarni chalg‘itishi aniqlandi. Shuningdek, kompaniya foydalanuvchilar taqdim etgan ma’lumotlardan kontekstli reklama yaratish uchun foydalanadi.

Eslatib o‘tamiz, Facebook asoschisi Mark Sukerberg dunyodagi eng boy beshlikning so‘nggi pog‘onasini egallab turibdi. Uning jami boyligi 104 milliard dollarni tashkil etadi.

Ma’lumot o‘rniga, 17 fevral kuni Kiyevstar faol ijtimoiy tarmoqlar va tezkor platformalar reytingini tuzgani haqida ma’lumot bergan edik. 11 million foydalanuvchi bo‘lgan Facebook Messenger reytingning ikkinchi o‘rinidan joy oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!