Evropaliklarning 70 foizi Rossiyani dushman deb hisoblaydi

Evropaliklarning 70 foizi Rossiyani dushman deb hisoblaydi

Evropaliklarning mutlaq ko‘pchiligi Rossiyani o‘z mamlakatlariga “raqib” yoki “dushman” sifatida qaraydi. Yevropa tashqi aloqalar kengashi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovlar shunday natijani ko‘rsatgan.

Xususan, bu fikrga Yevropaning o‘nta davlati: Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Polsha, Ispaniya, Italiya, Fransiya, Portugaliya, Ruminiya va Estoniya fuqarolarining 66 foizi qo‘shiladi.

Daniyaliklar Rossiyaga nisbatan eng salbiy munosabatda - 82%, estonlar - 79%, polshaliklar - 79%, britaniyaliklar - 77%, nemislar - 69% va ispanlar - 65%. Fransiyada fuqarolarning 59 foizi Rossiya Federasiyasi, Portugaliyada - 57 foizi, Italiyada - 54 foizi raqobatchi ekanini e’lon qildi. Eng past ko‘rsatkich Ruminiyada: bu yerda Rossiyani respondentlarning 44 foizi dushman deb atagan.

Ovoz berganlar orasida to‘qqizta Yevropa davlatidan atigi 2 foizi Moskvani ittifoqchi, 12 foizi Rossiyani o‘z davlati uchun zarur hamkor deb biladi.

Shu bilan birga, ular Ukrainadagi urush fonida Yevropa Ittifoqi kuchayganiga amin bo‘lishgan. Bu pozisiyani yevropaliklarning 49 foizi qo‘llab-quvvatlaydi, atigi 32 foizi esa ittifoqni zaiflashgan, deb hisoblaydi.

Hisobot mualliflariga ko‘ra, natijalar urush Yevropada uchta blok yaratganini ko‘rsatmoqda. Birinchisi, Estoniya, Polsha, Daniya va Britaniyani o‘z ichiga olgan "shimoliy va sharqiy qirg‘iylar". Bu mamlakatlarda aksariyat odamlar Ukrainaning urushdagi maqsadlarini qattiq qo‘llab-quvvatlaydi. Ikkinchi blok — Fransiya, Germaniya, Ispaniya va Portugaliyadan iborat "noaniq g‘arb". U yerda urush qanday yakunlanishi kerakligi haqidagi fikrlar ikkiga bo‘lingan. Uchinchi blok — Italiya va Ruminiyani o‘z ichiga olgan "zaif janubiy aloqalar".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!