Evropada ukrainalik qochqinlarga nisbatan odam savdosi va jinsiy zo‘ravonlik qilish holatlari 260 %ga oshgan

Evropada ukrainalik qochqinlarga nisbatan odam savdosi va jinsiy zo‘ravonlik qilish holatlari 260 %ga oshgan

Bu haqda kecha Yevroparlament yig‘ilishida ma’lum qilindi.

▪️Jinoyat qurbonlarining 65 %i ayollardir.

Firibgarlar til to‘sig‘i va Yevropadagi qochqinlarning joriy yashash sharoitlaridan foydalanmoqda.

Jinoyatchilar asosan onlayn platformalar orqali odamlarni yollab, o‘g‘irlab ketmoqda.

Ukrainaliklar Yevropa Ittifoqining vaqtinchalik himoya bo‘yicha direktivasi asosida Yevropada qonuniy ishlash huquqiga ega.

Ammo ko‘plab qochqinlar “norasmiy ijtimoiy doiralar”ga tushib qolib, yevropalik firibgarlarning oson o‘ljasiga aylanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!